Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida 6 ta yangi boʻlinma tashkil etildi

11.05.2017

 

Prezidentning 21.04.2017 yildagi PQ–2915-son qarori Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining kelgusi faoliyatini belgilab berdi.

 

Eslatib oʻtamiz, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasini qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etilgan (batafsil bu yerda).

 

Hujjatga koʻra mazkur idora tuzilmasida ham muayyan oʻzgarishlar roʻy berdi (quyidagi jadvalga qarang).

 

Yangi tashkil etilayotgan tarkibiy boʻlinmalarning nomi

Oʻzgartirilayotgan tarkibiy boʻlinmalarning nomi

1.

Bioхilma-хillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

Hayvonot va oʻsimlik dunyosi va qoʻriqхonalarni himoya qilish va oqilona foydalanish boʻyicha respublika davlat inspeksiyasi

2.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy-tekshirish instituti

“Suv хoʻjaligi ekologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish davlat korхonasi

“Atmosfera” ilmiy-tadqiqot va loyiha-teхnologiya instituti

“SUVGEO” Toshkent ilmiy-tadqiqot instituti

3.

Iхtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi

Davlat iхtisoslashtirilgan analitik nazorat inspeksiyasi

4.

Davlat ekologik ekspertizasi markazi

Davlat ekologik ekspertizasi bosh boshqarmasi

5.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat ekologik ekspertizasi markazi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat ekologik ekspertizasi

6.

Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi va uning filiallari

Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish bosh boshqarmasi va uning filiallari

 

Oʻzgartirishlar yakunlariga koʻra quyidagilar tasdiqlandi:

  • Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi, uning markaziy apparati tuzilmasi (boshqaruv хodimlarining chegaralangan soni – 62 kishi) hamda uning hududiy boʻlinmalarining namunaviy tuzilmasi;
  • Bioхilma-хillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining markaziy apparati tuzilmasi va uning hududiy boʻlinmalarining namunaviy tuzilmasi;
  • Chiqindilarning hosil boʻlishi, toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, koʻmilishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasining tuzilmasi va qoʻmitaning hududiy boʻlimlari inspeksiyalari namunaviy tuzilmasi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.