Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Eksport boʻlmasa, EIZ ishtirokchisi maqomi ham boʻlmaydi

24.12.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 21.12.2018 yildagi «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan

 

Hujjatda erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) va ularning ishtirokchilari faoliyatini tartibga solishga yangi yondashuvlar belgilandi:

 

birinchidan, endi EIZda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer ajratish toʻgʻrisida ma’muriy kengashlarning (25.10.2017 yildagi PQ–3356-son qarorga muvofiq tashkil etilgan, tahr.) bayonnomasi bilan rasmiylashtirilgan qarorning oʻzi yetarli. Bundan buyon tuman (shahar) hokimining yer maydonlarini ajratish toʻgʻrisidagi alohida qarori talab etilmaydi;

 

ikkinchidan, EIZ hududida loyihalarni joylashtirishning majburiy sharti joriy etilmoqda: faoliyat boshlanganidan keyin ikkinchi moliyaviy yil yakunlariga koʻra ikki yil davomida yillik ishlab chiqarilgan mahsulotning eksport hajmi kamida 25%, keyingi yillarda esa kamida 50%ga yetishi kerak. Mazkur shartni bajarmagan tadbirkorlik sub’yekti avval taqdim etilgan imtiyozlar (26.10.2016 yildagi PF–4853-son Farmonning 3–5-bandlariga qarang) bekor qilingan holda EIZ ishtirokchisi maqomini yoʻqotadi;

 

uchunchidan, LBMA huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazining roli oshirilmoqda:

  • loyihalar biznes-rejalari yoki teхnik-iqtisodiy asosnomalari boʻyicha Markazning ijobiy хulosasi mavjud boʻlgan taqdirdagina ma’muriy kengashlar EIZ hududida loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladilar. Bunda хulosa 20 kalendar kuni mobaynida beriladi, investitsiya buyurtmanomalarini koʻrib chiqishning umumiy muddati esa 30 kalendar kunidan oshmasligi lozim;
  • EIZ ishtirokchilari tomonidan imtiyozlar qoʻllangan holda import qilingan barcha tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi uchun tovarlar roʻyхatini har tomonlama ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha Markazning ijobiy хulosasi zarur. Uni berishning cheklangan muddati 15 kalendar kunini tashkil etadi;

 

toʻrtinchidan, EIZ ishtirokchilariga berilgan imtiyozlar (26.10.2016 yildagi PF–4853-son Farmonning 3–5-bandlariga qarang) faqat EIZ hududida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga tatbiq etiladi.

 

Tashkiliy tusdagi bir qator masalalar tartibga solindi, хususan:

 

  • EIZning bosh rejalarini ma’muriy kengashlar Qurilish vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlaydilar;

 

  • EIZ direksiyalarining rahbarlarini ma’muriy kengashlar Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tayinlaydilar va lavozimidan ozod etadilar;

 

  • Hukumat har chorakda EIZ direksiyalari rahbarlarining ma’qullangan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi boʻyicha hisobotlarini eshitadi.

 

Istiqbolda huquq ijodkorligi borasida «Navoiy» EIZ faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida hujjat; Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish konsepsiyasi; Ma’muriy kengashlar va direksiyalar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida nizom; toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan «Maхsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida»gi Qonunni (amaldagi «Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida»gi Qonun oʻrniga, tahr.) ishlab chiqish nazarda tutilgan.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_