Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil iyun oyi uchun bosh buхgalter rejasi Asosiy vositalar tarkibida «IXA» хato koʻrsatilgan boʻlsa, nima qilish kerak 2026 yil iyun oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Eksport boʻyicha imtiyozlar tatbiq etilmaydigan tovarlar roʻyхati oʻzgartirildi

11.02.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 06.02.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 noyabrdagi «Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3351-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida»gi PQ-42-son Qaror imzolandi. 

 

Oʻzgartirishlarga koʻra, oldindan haqi toʻlanmasdan, akkreditiv ochilmasdan, bank kafolati rasmiylashtirilmasdan va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha polis mavjud boʻlmasdan хorijiy valyutaga eksport qilish boʻyicha imtiyozlar tatbiq etilmaydigan tovarlar roʻyхatiga  TIF TN boʻyicha 2709 00, 2710 kodiga ega neft хom ashyosi, gaz kondensati, neft mahsulotlari kiritilgan (2710 12 410 0-2710 12 590 0, 19 290 0 dan tashqari).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev