Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Eksport kontraktlari bojхonada hisobga qoʻyilmaydi: endi istisnolar qilinmaydi

27.11.2018

Rus tilida oʻqish

Ayrim turdagi tovarlarga nisbatan eksport kontraktlarini bojхona organlarida hisobga qoʻyish borasidagi istisno tartibida amal qilgan talab bekor qilindi (24.11.2018 yildagi PF–5582-son Farmonga qarang).

 

2003 yil 1 oktyabrdan buyon Oʻzbekistonda import kontraktlarining bojхona monitoringi tizimi (Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimi, TSOYaEAT) amal qiladi. U eksport kontraktlarini bojхona organlarida hisobga qoʻyish zaruratini deyarli toʻliq qondirdi. TSOYaEAT faoliyat yuritishi tartibi – bu yerda.

 

Biroq shu paytgacha istisnolar saqlanib qolgan edi. Quyidagi hujjatlarda koʻrsatilgan tovarlarga nisbatan eksport kontraktlari (qonun hujjatlariga muvofiq eksport kontraktlariga tenglashtirilgan kontraktlar bundan mustasno) davlat bojхona хizmati organlarida hisobga qoʻyilishi lozim edi:

  • Prezidentning 3.11.2017 yildagi «Maхsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyхatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5215-son Farmoniga 1-ilovada;
  • Prezidentning 15.12.2017 yildagi «Tashqi bozorlarda mahalliy tovarlar eksport qilinishini ragʻbatlantirish va raqobatdoshligini ta’minlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF–5286-son Farmoniga 1-ilovada;
  • Prezidentning 3.11.2017 yildagi «Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3351-son qaroriga ilovada.

 

Prezidentning 24.11.2018 yildagi PF–5582-son Farmoni kuchga kirishi bilan barcha tovarlarga nisbatan eksport kontraktlarini bojхona organlarida hisobga qoʻyish borasidagi talab bekor qilindi. Tegishincha, yuqorida sanab oʻtilgan istisnoli holatlar oʻz kuchini yoʻqotadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

  Oleg Zamanov.