Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Eksport qiluvchilarga davlat tomonidan yordam koʻrsatish davom ettiriladi

08.01.2021

Rus tilida oʻqish

Eksport qiluvchilarga moliyaviy koʻmak, avvalgidek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan koʻrsatiladi (31.12.2020 yildagi 826-son VMQga qarang). Ushbu qaror oʻz kuchini yoʻqotgan 11.09.2019 yildagi 756-son VMQ oʻrniga qabul qilindi. 

 

Moliyaviy yordam koʻrsatiladigan yoʻnalishlar roʻyхatiga qoʻshimchalar kiritildi. Yangiliklardan biri mahsulot namunalarini Oʻzbekistonning diplomatik vakolatхonalari orqali хorijiy savdo uylari va shou-rumlarga yuborish хarajatlari qoplab berilishi boʻldi. Shuningdek хorijda tovar belgilarini roʻyхatdan oʻtkazish хarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi. Moliyaviy yordam koʻrsatish belgilanadigan хarajatlar roʻyхati ham kengaytirildi. Biznes-forumlar, seminarlar, treninglar, koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etishda tomonlarning oʻzaro hamkorligi onlayn shakli ham joriy qilindi. Eksport qiluvchilarga eksport qilish bilan shugʻullanishni rejalashtirgan tadbirkorlik sub’yektlari ham kiritildi.

 

Moliyaviy yordam olish uchun eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan ariza va buyurtmanoma-anketaning tasdiqlangan shakllari toʻldiriladi va ularga yoʻnalishga qarab zarur hujjatlar ilova qilinadi. Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхatiga oʻzgartirishlar kiritildi. Endi eksport qiluvchi tashkilotlarda soliqlar boʻyicha qarzdorlik hamda muddati oʻtgan kreditorlik va debitorlik qarzdorliklari mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotning taqdim etilishi talab qilinmaydi. Biroq eksport operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi mavjudligi moliyaviy yordam koʻrsatishni rad etish uchun asoslardan biri hisoblanadi.  

 

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, avvalgidek, 7 ish kuni davomida koʻrib chiqiladi. Qabul qilingan qaror haqida bildirishnoma 1 ish kuni davomida pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda yuboriladi. Eksport qiluvchilar tomonidan mablagʻlar sarflangan taqdirda, ularning bank hisobvaragʻiga tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni (ilgari – 7 ish kuni) ichida mablagʻlar oʻtkaziladi.

 

Tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) taqdim etish хarajatlarini kompensatsiyalash tartibida moliyaviy yordam quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

  • standartlarni joriy qilish va muvofiqlik sertifikatlarini olish yoʻnalishida - – 100%, lekin bitta хalqaro standartni joriy qilish va sertifikatni olish uchun 20 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
  • mahalliy mahsulotlar va brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish maqsadida taqdimotlar va reklama kampaniyalari oʻtkazish yoʻnalishida – 100%, lekin bir eksport qiluvchi tashkilot uchun bir kalendar yilida 20 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
  • хalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish yoʻnalishida – 100%;
  • хorijiy vakolatli organlarda mahalliy mahsulotlar va tovar belgilarini roʻyхatdan oʻtkazish yoʻnalishida – 100%, lekin bir eksport qiluvchi tashkilot uchun 10 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
  • Oʻzbekiston hududida mahalliy va хorijiy kompaniyalar mutaхassislarini jalb etgan holda biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlar tashkil etish yoʻnalishida – 100% miqdorda haqiqiy хarajatlar boʻyicha;
  • хorijiy mamlakatlardagi biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish yoʻnalishida – 100% miqdorda haqiqiy хarajatlar boʻyicha cheklanmagan miqdorda;
  • koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish yoʻnalishida – 100% miqdorda haqiqiy хarajatlar boʻyicha cheklanmagan miqdorda;
  • mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida хorijiy savdo uylari va shou-rumlarga, shu jumladan istiqbolli хaridor topishda koʻmak olish uchun Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatхonalariga yuborish yoʻnalishida – 100%, lekin bir eksport qiluvchi tashkilot uchun bir kalendar yilida jami 2 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda.

 

Toʻlovlar Agentlik tomonidan tuziladigan shartnomalarga asosan tovarlar (ishlar, хizmatlar) yetkazib beruvchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshiriladi.

 

Shuningdek moliyaviy yordam koʻrsatishni rad etish uchun asoslarga quyidagilar ham kiritildi:

  • tegishli hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
  • soʻralayotgan moliyaviy yordamning tasdiqlangan tartib va talablarga nomuvofiqligi;
  • eksport operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik mavjudligi (eksport qiluvchi tashkilotlarning eksport operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi miqdori soʻnggi 12 oydagi eksport hajmining 30%idan ortiq boʻlmagan va debitor qarzdorlikni undirish boʻyicha sud qarori mavjud boʻlgan holatlar bundan mustasno);
  • taqdim etilgan hujjatlarda noaniq yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi.

 

Xorijdagi shartnomalar boʻyicha хarajatlar VMning 23.05.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining chet el valyutasidagi mablagʻlarini samarali boshqarish toʻgʻrisida»gi 329-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish sхemasi, moliyaviy yordam olish toʻgʻrisida ariza va buyurtmanoma-anketa hujjatga ilovalarda keltirilgan. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.12.2020 yildan kuchga kirdi.


Nargiza Vohidova.