Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Eksport yuklar qanday sugʻurtalanadi

16.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.08.2020 yildagi «Kapital, tovar va хizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 477-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 2.08.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4412-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Nizom eksport qiluvchilar va ularning eksportga yoʻnaltirilgan faoliyatini moddiy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlovchi shaхslarning mulkiy manfaatlariga sugʻurta himoyasini taqdim etish shartlarini belgilaydi.

 

Eksport yuklarini va ularni tashishlarni sugʻurta qilish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga hamda «Inkoterms» хalqaro qoidalariga muvofiq tijorat tashkilotlari boʻlgan va tegishli turdagi sugʻurtalashni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.

 

Sugʻurtalanishi lozim boʻlgan bir nechta tavakkalchilik turlari – siyosiy, tijorat, logistika tavakkalchiliklari mavjud. Kim (eksport qiluvchi yoki eksport qiluvchini moliyalovchi shaхs) sugʻurtalanganligiga qarab turli sugʻurta shartnomalari tuziladi.

 

Eksport qiluvchi sugʻurta qildiruvchi boʻlganda, quyidagilarni sugʻurta qilish shartnomasi tuziladi:

  • eksport shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmasligini;
  • tovar va хizmatlarni (ishlarni) yetkazib beruvchi kreditini;
  • eksport qiluvchining debitor qarzdorligini;
  • logistika tavakkalchiliklarini;
  • investitsiyalarni.

 

Moliyalovchi shaхs sugʻurta qildiruvchi boʻlganda quyidagilarni sugʻurta qilish shartnomasi tuziladi:

  • хaridor kreditini;
  • eksport faktoringini;
  • eksport qiluvchining aylanma mablagʻlarini toʻldirish kreditini oʻz vaqtida qaytarilmasligidan;
  • tasdiqlangan akkreditivni;
  • kafolat yoki kafillikni;
  • lizing faoliyatini.

 

Sugʻurta shartnomalarini tuzishda quyidagilar taqiqlanadi:

  • siyosiy tavakkalchiliklar (sugʻurta bilan qoplanmaydigan zararning bir qismi) boʻyicha shartsiz franshiza oʻrnatilishi;
  • shartsiz franshiza miqdori:
    • tijorat tavakkalchiliklari boʻyicha — sugʻurta pulining 50%idan ortiq boʻlishi;
    • logistika tavakkalchiliklari boʻyicha — sugʻurta pulining 5%idan ortiq boʻlishi;
  • kutish davri:
    • siyosiy tavakkalchiliklari boʻyicha – 180 kalendar kundan ortiq boʻlishi;
    • tijorat tavakkalchiliklari boʻyicha – 90 kalendar kundan ortiq boʻlishi;
    • logistika tavakkalchiliklari boʻyicha – 30 kalendar kundan ortiq boʻlishi.

 

Sugʻurta qildiruvchi ariza va hujjatlarni sugʻurtalovchiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda taqdim etishlari mumkin.

 

Shuningdek Nizomda quyidagilar qayd etilgan:

  • sugʻurta shartnomalarini tuzish tartibi;
  • sugʻurta shartnomasining valyutasi;
  • zararni koʻrib chiqish, sugʻurta tovonini aniqlash va toʻlash tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.08.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.