Prezidentning 28.07.2017 yildagi PQ-3157-son “Mahalliy eksportyor korxonalarni ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda davlat rahbari sayti ma’lum qildi.
Hujjatga binoan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 25%ini majburiy sotish toʻgʻrisidagi talab 2017 yil 1 avgustdan bekor qilinadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.



