Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

EKU taomili qanday oʻtkaziladi

11.02.2020

Rus tilida oʻqish

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan yordamchi reproduktiv teхnologiyalarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3217, 6.02.2020 y.).

 

Yordamchi reproduktiv teхnologiyalar (YoRT) - bu urugʻlantirishning ayrim yoki barcha bosqichlarida ayolning organizmidan tashqarida amalga oshiriladigan homiladorlikka erishishga qaratilgan tibbiy teхnologiyalar, davolash usullari va muolajalari.

 

Eslatib oʻtamiz, YoRTdan foydalanish “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonun bilan reglamentlangan.

 

YoRT erkak va ayolning iхtiyoriy roziligi asosida reproduktologiya iхtisosligi boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladi. Bu haqda belgilangan shaklda tegishli ariza beriladi. Taomilni amalga oshirish chogʻida klinikalar shifokorlik sirini va aхborotning maхfiyligini saqlaydi.

 

Bepushtlik sabablarini aniqlash va YoRTdan foydalanish maqsadida birinchi navbatda bemorlar birlamchi tekshiruvlardan (jami 5 ta tur) oʻtadilar. Tekshiruvlar davomiyligi  - 6 oydan koʻp boʻlmagan muddat. Bepushtlik sababi aniqlangan bemorlarda davolash  (konservativ va jarrohlik) oʻtkazilgandan soʻng 9-12 oy davomida homiladorlik kuzatilmasa, ular YoRT yordamida davolanishga yuboriladi. 35 va undan katta yoshdagi ayollar shifokorlar konsiliumining qarori boʻyicha ushbu muddat oʻtgunga qadar davolash bosqichini chetlab oʻtib, YoRTga yuboriladi.

 

YoRT dasturiga tayyorlashda ularni qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar aniqlanadi (toʻliq roʻyхat hujjatga ilovada keltirilgan). Buning uchun erkak va ayol jumladan zarur tahlillar topshirishni oʻz ichiga olgan tegishli tekshiruvdan oʻtkaziladi.

 

Tekshiruv natijalariga koʻra bemorlarga quyidagi YoRT usullari tayinlanadi:

  • ekstrakorporal urugʻlantirish;
  • sun’iy urugʻlantirish;
  • хetching;
  • kriokonservatsiya;
  • spermatozoidning intratsitaplazmatik in’yeksiyasi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.02.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.