Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik sub’yektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamenti tasdiqlandi (VMning 22.07.2019 yildagi 610-son qarori).
Qabul qilingan hujjat tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik sub’yektlariga, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Oʻzbekgidroenergo” kompaniyalari, “Oʻzenergoinspeksiya”, Majburiy ijro byurosi va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarni elektr tarmoqlariga ulash moʻljallanayotgan iste’molchilarga taalluqli.
Reglament quvvatlarni ulash, quvvatlarni koʻpayishi yoki ulanish nuqtalari oʻzgargan hollarda tatbiq etiladi. Tartib-taomil 12 ta izchil bosqich, jumladan teхnik shartlarni olish, loyihalarni ishlab chiqish, koʻrib chiqish va kelishish, hisobga olish asboblarini bevosita ulash va plombalashdan iborat. Butun jarayon koʻp vaqt talab etadi – loyihani ishlab chiqish muddatlari (iхtisoslashtirilgan loyiha tashkiloti bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi), ishga tushirish chizmasini tuzish va kelishish, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash ishlari tamom boʻlganidan keyin (ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi) “Oʻzenergoinspeksiya”ga murojaat qilishni inobatga olmaganda yarim yilni talab etadi.
Reglamentga rioya qilinishi nazorat qilinishi va elektr tarmoqlariga kamsitilmasdan ulanishini ta’minlash Energetika vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va SSPga yuklandi.
Eslatib oʻtamiz, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar:
- blok-stansiyalar shartlarida - bu iste’molchilarning yagona elektr energetika tizimiga bevosita yoki iste’molchilar tarmogʻi orkali ulangan hamda operativ-dispetcherlik boshkaruvi tizimiga kiradigan elektr stansiyalari;
- hosil qilinayotgan elektr energiyaning maksimal qiymati koʻrsatilgan holda tanlov asosida yagona elektr energetikasi tizimiga ulanishi mumkin.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini yagona elektr energetikasi tizimiga oʻzboshimchalik bilan ulash taqiqlanadi (“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-moddasi).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.