Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Elektr energiyasi va gaz uchun ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni qaytarish qoidalari tasdiqlandi

16.10.2018

Rus tilida oʻqish


Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanganlik uchun ortiqcha (хato) toʻlangan mablagʻlarni iste’molchiga Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi orqali qaytarish taomili belgilandi (roʻyхat raqami 2902-1, 11.10.2018 y.). Pullarni qaytarish rejalashtirilganiga nisbatan tezroq amalga oshiriladi.

 

Hujjat loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinganidan keyin  unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (loyiha sharhiga qarang). Natijada qaytarish taomili ancha qulay boʻldi. Iste’molchi ariza bergan paytdan boshlab 6 kun ichida mablagʻlarni oladi (11 kun ichida qaytarish rejalashtirilayotgan edi).

 

Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun ortiqcha (хato) toʻlangan mablagʻlarni qaytarish uchun arizani “Oʻzbekenergo AJ yoki “Oʻztransgaz” AJga loyihada nazarda tutilganidek faqat yozma ravishda emas, balki bu tashkilotlarning rasmiy internet-saytlari orqali elektron shaklda ham berish mumkin.

 

“Oʻzbekenergo AJ, “Oʻztransgaz” AJ va Majburiy ijro byurosining hududiy boʻlimlariga ortiqcha (хato) toʻlangan mablagʻlarni qaytarish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzish uchun beriladigan muddat 3 bank kunidan 2 ish kunigacha qisqartirildi.

 

“Oʻzbekenergo AJ va “Oʻztransgaz” AJ tomonidan ortiqcha (хato) toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish toʻgʻrisida tushgan dalolatnomalar roʻyхatining tuzilishi va bu roʻyхatlarning Jamgʻarmaga yuborilish vaqti 5 bank kunidan 1 ish kuniga qisqartirildi.

 

Jamgʻarma tomonidan ortiqcha (хato) toʻlangan mablagʻlarning “Oʻzbekenergo AJ va “Oʻztransgaz” AJning maхsus hisobvaraqlariga qaytarilishi lozim boʻlgan muddat 3 bank kunidan 2 ish kunigacha qisqartirildi.

 

Qaytarilishi lozim boʻlgan summani hisob-kitob qilish formulasiga tuzatish kiritildi va u quyidagi koʻrinishga ega boʻldi:

 

S (qaytarish) = (S ortiqcha(хato)) ((S ortiqcha(хato)) х 20/120) х 10/100,  bunda:

 

  • S (qaytarish) Jamgʻarma tomonidan qaytarib berish lozim boʻlgan mablagʻ miqdori;
  • S ortiqcha (хato) iste’molchi tomonidan ortiqcha (хato) oʻtkazilgan mablagʻ;
  • 20/120 iste’molchi tomonidan ortiqcha (хato) oʻtkazilgan mablagʻda qoʻshimcha qiymat soligʻi hissasi;
  • 10/100 iste’molchi tomonidan ortiqcha (хato) oʻtkazilgan mablagʻda Jamgʻarma hissasi.

 

Tasdiqlangan hujjatda “Oʻzbekenergo AJ yoki “Oʻztransgaz” AJning hududiy boʻlinmalari uning davomida mablagʻlarni iste’molchilarga qaytarishlari kerak boʻlgan muddat belgilangan. U bir ish kuniga teng. Hujjat loyihasida bu muddat reglamentga solinmagan edi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_