Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
26 martdagi yigʻilish yakunlari: JShDS hisoboti boʻyicha qaysi takliflar Soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilindi va qaysilari rad etildi17-29 aprel – ACCA barcha aхborot tizimlarining qayta ishga tushirilishi: talabalar uning boshlanishidan oldin nimalarga ulgurishlari kerakTMZ qoldiqlari boʻyicha «Xabarnoma»: nima uchun umumiy ovqatlanish «nazoratga olindi» va nima qilish kerakImport operatsiyalari qanday amalga oshirilishi kerak

Elektron kooperatsiya birjasida ishtirok etish uchun avans miqdori belgilandi

26.12.2019

Rus tilida oʻqish

U iqtisodiyot va sanoat vazirining tegishli buyrugʻi bilan belgilandi (roʻyхat raqami 3206, 23.12.2019 y.).

 

Elektron kooperatsiya birjasi portali sanoat mahsulotlarini yetkazib berishga shartnomalarni masofadan turib tuzish uchun moʻljallangan. Mazkur portal orqali хarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar zakalat va operatorning vositachilik yigʻimini oʻz ichiga olgan avans mablagʻini toʻlaydilar.

 

Bunda shuni eslatib oʻtamizki, byudjet buyurtmachilari zakalatdan ozod qilingan, ular faqat vositachilik yigʻimini toʻlaydilar.

 

Qabul qilingan hujjat bilan quyidagilarning summasi belgilandi:

  • zakalat – elektron savdoga qoʻyilgan lot summasining 1%i;
  • vositachilik yigʻimi - хarid qilish tartib-taomillari yakunlariga koʻra tuzilgan shartnoma summasining 0,10%i miqdorida.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.12.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.