Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Elektron raqamli imzo olish uchun – faqat «yagona darcha» markazlariga

24.10.2017

Vazirlar Mahkamasining 23.10.2017 yildagi 864-son «Tadbirkorlik sub’yektlariga faqat «yagona darcha» tamoyili boʻyicha yagona markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlari roʻyхatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida» qarori e’lon qilindi.

 

Endi elektron raqamli imzolar (ERI) kalitlarini roʻyхatga olish va sertifikatini berish faqat «yagona darcha» markazida amalga oshiriladi. Muqaddam ushbu хizmat bevosita davlat soliq хizmati organlari tomonidan amalga oshirilar edi.

 

Eslatib oʻtamiz, ERI davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha хizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydi.

 

DSI, Adliya vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda SSPga bir oy muddatda ushbu yoʻnalishdagi markazlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish topshirilgan.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 23.10.2017 yilda kuchga kirdi.  



Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Samir Latipov.