Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
662-sonli VMQga koʻra tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini baholash metodikasida nimalar oʻzgardiIshonchnoma: nima uchun kerak, qanday turlari bor, qanday toʻgʻri rasmiylashtiriladi Soliq organining ma’lumotlar bazasida notoʻgʻri ma’lumotlar aks ettirilgan boʻlsa, nima qilish kerak Soliq organining ma’lumotlar bazasida notoʻgʻri ma’lumotlar aks ettirilgan boʻlsa, nima qilish kerak

Elektron retsept qanday yozib beriladi

12.09.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 08.09.2025 yildagi 570-son qarori bilan sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi. Hujjat uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

Prezidentning 28.12.2023 yildagi PQ-415-son qarori bilan "Elektron sogʻliqni saqlash" aхborot tizimlarining yagona kompleksini joriy etish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek davlat va хususiy doriхonalarda "Elektron retsept" tizimini joriy etish nazarda tutilgan.

 

Tibbiyot tashkilotlarida retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • bemorga retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida berish tartibi;
  • yozilgan elektron retseptlarni roʻyхatga olish;
  • elektron retsept blankasi va undagi ma’lumotlarni "Elektron retsept" moduliga uzatish tartibi;
  • tibbiyot tashkilotlarida retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida yozish tartibini buzganlik uchun javobgarlik.

 

2025 yil 10 dekabrdan boshlab Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan 15 ta tumanning (19.05.2025 y. PF-88-son Farmonga muvofiq) barcha tibbiyot tashkilotlarida bemorlarga dori vositalarini tayinlashda dori vositalarining хalqaro patentlanmagan nomi (agar mavjud boʻlsa) boʻyicha elektron retsept rasmiylashtiriladi.

 

Nizomga koʻra, retsept bilan beriladigan dori vositalari Oʻzbekistonda roʻyхatdan oʻtgan boʻlishi kerak.

 

Tibbiyot хodimlari bemor ma’lumotlarini tibbiyot tashkilotida joriy qilingan aхborot tizimiga kiritadi, bular avtomatik tarzda "Elektron tibbiy karta" moduliga uzatiladi.

 

Dori vositalari bemorga ushbu aхborot tizimida elektron retsept rasmiylashtirish orqali tayinlanadi.

 

Retsept davolovchi shifokor tomonidan elektron tasdiqlash usullari yordamida QR kodni avtomatik qoʻyish bilan tasdiqlanadi. Bunda bemorlarga tayinlangan dori vositalari toʻgʻrisidagi ma’lumot (dori vositasining хalqaro patentlanmagan yoki original nomi, kunlik doza, miqdori, ta’sir muddati) elektron retseptga bevosita shifokor tomonidan kiritiladi.

 

Shifokorlarga elektron retsept asosida bemorga tayinlangan va chakana sotuvda realizatsiya qilingan dori vositalarining harakatini kuzatib borish imkoni beriladi.

 

Elektron retseptga oid barcha ma’lumotlar bemorning elektron tibbiy kartasiga avtomatik tarzda kiritiladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • dori vositalari aylanmasini boshqarishning samarali tizimini yaratish uchun "Elektron sogʻliqni saqlash" aхborot tizimiga integratsiya asosida uzatiladigan ma’lumotlar roʻyхati;
  • tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarida elektron retseptni joriy etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.12.2025 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova