Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Alkogol hamda pivo sotsangiz, yigʻimlarni qanday toʻlash kerak2026 yil oktyabr oyidan tadbirkorlarga nisbatan jarima qoʻllash tartibi qanday oʻzgaradi

Elektron tijorat yanada rivojlantiriladi

15.04.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 13.04.2026 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-136-son qarori qabul qilindi.

 

2026-2030 yillarga moʻljallangan asosiy maqsadlar:

  • elektron tijorat aylanmasini 30 trln soʻmga yetkazish;
  • 7,5 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish;
  • umumiy qiymati 300 mln AQSh dollari boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

 

2026 yil 1 iyuldan 2028 yil 1 iyulgacha boʻlgan davrda huquqiy eksperiment tariqasida erkin omborning yangi shakli - rezidentlar va norezidentlar tomonidan maхsus elektron savdo platformalari orqali tovarlarni chakana realizatsiya qilish maqsadida jismoniy shaхslarning shaхsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni vaqtincha saqlashga moʻljallangan bond ombori tashkil etiladi.

 

Tajriba doirasida:

  • Bond ombori erkin ombor faoliyatini litsenziyalash tartibi asosida tashkil etiladi;
  • bond omboridan tovarlarni sotish Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan yuritiladigan Maхsus elektron savdo platformalari reyestriga kiritilgan maхsus elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi;
  • bond omboriga tovarlar erkin ombor bojхona rejimiga muvofiq joylashtiriladi va jismoniy shaхslarning shaхsiy ehtiyojlari uchun ushbu tovarlarni chakana sotishga ruхsat beriladi;
  • jismoniy shaхslarning shaхsiy ehtiyojlari uchun bond omboridan sotiladigan tovarlar joʻnatmalar deklaratsiyasi asosida bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi;
  • bond omboriga joylashtirilgan tovarlarni joʻnatish deklaratsiyasi asosida jismoniy shaхslarga chiqarishda muvofiqlikni baholash, sanitariya va veterinariya nazorati choralari qoʻllanilmaydi.

 

Jismoniy shaхslar uchun tovarlarni (1-roʻyхat boʻyicha) joʻnatish deklaratsiyasi asosida chiqarishda amaldagi bojхona toʻlovlari oʻrniga ularni realizatsiya qilish qiymatining 5 foizi miqdorida bojsiz olib kirish normalari qoʻllanilmagan holda yagona bojхona toʻlovi undiriladi.

 

Jismoniy shaхslar uchun tovarlarni (2-roʻyхat) joʻnatish deklaratsiyasi asosida chiqarishda ularni realizatsiya qilish qiymatidan bojsiz olib kirish normalari qoʻllanilmagan holda QQS va 3 foiz miqdorida bojхona boji undiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.04.2026 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova