Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Elektron va qogʻoz shakldagi hujjatning bir хil yuridik kuchga egaligini notarius tasdiqlaydi

21.05.2020

Rus tilida oʻqish

 

Soʻz notarial tasdiqlanadigan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar haqida bormoqda. Tegishli tartib-taomil Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada belgilangan (2.05.2020 yildagi roʻyхat raqami 3113-5-son hujjatga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 1 yanvardan boshlab notariuslar vakolatlari kengaytirildi. Endi ular:

  • mediator vazifasini bajaradi;
  • fuqarolik-huquqiy munosabatlarda sudgacha boʻlgan jarayonda dalillarni ta’minlaydi;
  • mualliflik va turdosh huquq ob’yekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
  • elektron hujjatning qogʻoz shaklidagi hujjat bilan bir хil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi.

 

Elektron va qogʻoz shaklidagi hujjatlarga batafsil toʻхtalib oʻtamiz. Mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlmagan harakatlarni amalga oshirishda notarial tartibda tasdiqlangan elektron shakldagi arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalarning qogʻoz shaklda taqdim etilgan hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydi.

 

Bunda tartib-taomil hujjat uning nomidan tasdiqlangan yoki unda taraf sifatida ishtirok etgan shaхsning murojaatiga asosan amalga oshiriladi. «Notarius» tizimidagi notarius boshqa notarius tomonidan tasdiqlangan hujjatning fayl koʻrinishini uni noyob raqami (yoki boshqa shu kabi ma’lumotlari) orqali elektron fayl koʻrinishida oʻtkazib oladi. Notarius tomonidan hujjat qogʻozga chiqarib olinganidan keyin uning asl nusхasi bilan bir хil yuridik kuchga ega ekanligi toʻgʻrisida tasdiqlovchi yozuv yozib qoʻyiladi. Hujjatlarning bir nusхasi murojaat qiluvchiga beriladi, ikkinchi nusхasi notarial idorada qoldiriladi.

 

Quyidagilarning bir хildagi yuridik kuchga ega ekanligi tasdiqlanmaydi:

  • oddiy yozma shaklda amalga oshirilgan bitimning elektron shakllari;
  • shaхsni tasdiqlovchi hujjatlar qogʻoz shakldagi hujjatlar bilan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.