Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Elektron vizaning muddati tugadimi – ketishga shoshilmang

01.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekiston Respublikasining elektron kirish vizasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi (28.05.2019 yildagi PF–5731-son Farmonga qarang). 

 

Eslatib oʻtamiz, elektron viza e-visa.gov.uz portali orqali soddalashtirilgan va jadallashtirilgan tartibda rasmiylashtiriladi. Ayni paytda uni 75 ta davlat fuqarolari olishlari mumkin.

 

Elektron vizaning umumiy amal qilish muddatiga (90 kun), viza egasi Oʻzbekistonda boʻlishining cheklangan muddatiga (30 kungacha) oʻzgartirishlar kiritilmadi. Biroq ilgari amal qilgan qoidaga koʻra, chet ellik fuqaro kirib kelgan paytida vizaning amal qilish muddati tugashiga 30 kundan kam qolgan boʻlsa, uning ana shu muddat davomida mamlakatimizda boʻlishiga ruхsat berilar edi. Mazkur cheklov bekor qilindi.

 

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida qayd etishlaricha, ushbu yangilik bois turistlarning mamlakatimizda koʻproq muddat boʻlishiga imkon yaratildi. Haqiqatan ham shunday. 1 iyunda Oʻzbekistonga kelgan Hindiston fuqarosi elektron vizasining amal qilish muddati 20 iyunda tugaydi deylik. Avvalgi qoidaga amal qilinsa, u faqat 20 iyungacha bu yerda boʻlishi, soʻng respublikadan chiqib ketishi kerak boʻlardi. Kiritilgan tuzatish tufayli u 30 iyungacha Oʻzbekistonda bamayliхotir qolishi mumkin.

 

Mamlakatimizda boʻlish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi moddalarga (MJTKning 225-moddasi, JKning 224-moddasi) tuzatish kiritish juda muhim. Shu jumladan belgilangan boʻlish muddati tugagach mamlakatimizdan chiqib ketishdan boʻyin tovlash hollarida sanksiyalar qoʻllaniladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.