Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Elektroshoker qanday boʻlishi mumkin

02.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.11.2020 yildagi «Elektroshok qurilmalar, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi ta’siri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalarning chiqish parametrlari muvofiqligi lozim boʻlgan normalarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 751-son qarori qabul qilindi.

 

Normalar «Qurol toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq tasdiqlangan.

 

Qonunning 9-moddasida mazkur turdagi qurol belgilangan normalarga muvofiq kelmagan holatlarda, unga taqiq belgilangan. Qurol va uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash, realizatsiya qilish, sotib olish, hisobga olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiya qilish, koʻrgazmaga qoʻyish, foydalanish, olib qoʻyish, yoʻq qilish, qurolni va uning oʻq-dorilarini, asosiy qismlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek mamlakat hududi orqali tranzit qilish aylanma hisoblanadi.

 

Elektr tokining impulsli chiqishi elektroshok qurilmalarining shikastlovchi omili hisoblanadi. U inson organizmida shikastlovchi omilga javoban quyidagi klinik-fiziologik reaksiyalarni yuzaga keltirishi mumkin: elektr toki ta’sirida terining kuyishi, yurak-qon tomir tizimi yoki nafas olish tizimi funksional holatining buzilishi.

 

Chiqish parametrlari normalari shikast yetkazish darajasiga qarab belgilangan. Ular qarorga ilovada keltirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.