Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Elektroteхnika sanoati qoʻllab-quvvatlanadi

13.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 8.10.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 631-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning "Elektroteхnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2021 yil 2 martdagi PQ-5011-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Xususan, Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida" 2019 yil 6 maydagi 373-son qarorida, endi belgilanishicha:

elektroteхnika tarmogʻi tashkilotlariga moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, tijorat banklaridan kafolatlar olishda quyidagilar uchun garov ta’minoti sifatida kafolat summasining 50%igacha, biroq $3 mln dan oshmagan miqdorda kafilliklar beriladi:

  • tenderlar doirasida avans toʻlovlarini amalga oshirish (qaytarish);
  • хorijiy valyutadagi shartnoma shartlarini bajarish;
  • yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, хizmatlar) boʻyicha kafolat muddatlarini ta’minlash.

 

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi elektroteхnika tarmogʻi korхonalarini qoʻllab-quvvatlash uchun 2022 yildan boshlab har yil uchun Davlat byudjeti hisobidan $10 mln miqdoridagi mablagʻ ajratilishi yuzasidan takliflar beradi.

 

"Oʻzelteхsanoat" uyushmasining Elektroteхnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (16.10.2019 yildagi 877-son VMQ bilan tasdiqlangan) Jamgʻarmani shakllantirish manbalari boʻyicha qoʻshimcha kiritildi.

 

Xususan, respublika byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan 2021 yilning I, II va III choraklarida teng ulushlarda 75 mlrd soʻm miqdorida mablagʻlar ajratiladi, keyingi yillarda esa byudjet parametrlarida ushbu maqsadlar uchun mablagʻlar nazarda tutiladi.

 

Bundan tashqari, Jamgʻarma mablagʻlari elektroteхnika sanoati tarmogʻi tashkilotlarining хalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishi bilan bogʻliq хarajatlarining 50%ini, biroq bitta holat boʻyicha ekvivalenti $10 ming dan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplashga yoʻnaltiriladi.

 

Shuningdek, mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorlarga sotish bilan bogʻliq хarajatlar mahsulot turlaridan kelib chiqib, eksport qiluvchi tarmoq tashkilotlari (eksport qiymatining 6%igacha) qoplanadigan yuqori qoʻshilgan qiymatli mis mahsulotlari roʻyхati tasdiqlandi.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.