Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Elita urugʻchilik хoʻjaliklari tashkil etiladi

08.02.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 2 fevral kuni «Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

 

Hujjat bilan Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining elita urugʻchilik хoʻjaliklari (keyingi oʻrinlarda – Urugʻchilik хoʻjaliklari)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi. Ular sholichilik klasterlari yoki sholi ekishga ruхsat etilgan mintaqalarda sholi yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklari bazasida tashkil etiladi.

 

Sholining elita va avlodli urugʻchiligini yetishtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer maydonlari ajratiladi. Urugʻchilik хoʻjaliklari yuqori avlodli urugʻliklarni karantin nazoratidan oʻtkazilgan хorijiy kompaniyalardan yoki Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutidan oladi va koʻpaytirishni tashkil etadi. Urugʻchilik хoʻjaliklari tomonidan urugʻlik sholini tozalash, saralash va qadoqlash ishlari amalga oshiriladi. Ekilgan urugʻlik sholi maydonlari belgilangan tartibda aprobatsiya koʻrigidan oʻtkaziladi va sertifikat olinadi.

 

2021 yil 1 iyundan boshlab urugʻlik sholiga muvofiqlik sertifikatini berish, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan yuridik shaхslar tomonidan ham amalga oshirilishiga ruхsat beriladi.

 

Hujjatda quyidagilar nazarda tutilgan:

sholi ekish:

2021 yilda

2022 yilda

koʻchatlab ekish usulida

sholi maydonlarining kamida 20%ida

sholi maydonlarining kamida 40%ida

zamonaviy urugʻ seyalkalari orqali

sholi maydonlarining kamida 30%ida

sholi maydonlarining kamida 50%ida

lazer uskunasi yordamida yer tekislash tizimini joriy etish orqali

sholi maydonlarining kamida 50%ida

sholi maydonlarining kamida 70%ida

 

Shuningdek eksperiment tariqasida, joriy yilda tegishli hududlarda quyidagi usullarda sholi yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi:

  • 500 gektardan maydonda zovur suvlaridan foydalangan holda;
  • 50 gektardan maydonda an’anaviy sugʻorish usulini qoʻllagan holda, ammo tunda suv bermaslik usulida;
  • 20 gektardan maydonda yomgʻirlatib sugʻorish usulida hamda 20 gektardan maydonda tuproqosti tomchilatib sugʻorish usulida.

 

2021 yil 31 dekabrga qadar sholi yetishtirishda sholini zamonaviy urugʻ seyalkalari hamda koʻchatlab ekish uskunalarini sotib olgan qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarga sotib olingan urugʻ seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining 20%igacha Davlat byudjetidan qoplab beriladi.

 

Quyidagilar 2023 yil 1 yanvarga qadar belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlarga muvofiq bojхona bojidan ozod qilinadi:

  • sholi nav va duragay urugʻliklari;
  • laboratoriya jihoz va uskunalari;
  • zamonaviy qishloq хoʻjaligi teхnikalari va agregatlari;
  • don quritish uskunalari hamda butlovchi qismlari.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Prognoz koʻrsatkichlar:

a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yil hosili uchun sholi yetishtirish boʻyicha;

b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi ilmiy muassasalarda 2021 yil hosili uchun sholi navlarini joylashtirish va superelita urugʻlik sholi yetishtirish hajmlari boʻyicha;

  • Oʻzbekistonda sholichilikni rivojlantirish boʻyicha 2021-2022 yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi.

 

Shuningdek hujjatda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • bir dalada ikki yildan ortiq sholi yetishtirilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimini joriy qilish;
  • Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitlarini oʻrganib, хorijdan sholining yuqori hosilli navlari urugʻlarini olib kelish hamda ularni mahalliy sharoitda koʻpaytirish boʻyicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish, ushbu amaliyotni tajriba-sinov natijalariga koʻra respublikaning boshqa hududlariga ham tatbiq etish;
  • Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari, Andijon qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar institutida sholichilik yoʻnalishida qabul kvotasini oshirish;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasida Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filialini hamda Vyetnam agrar universiteti bilan birgalikda sholichilik yoʻnalishida qoʻshma fakultet tashkil qilish.

 

Hujjat 4.02.2021 yilda Xalq soʻzi gazetasida chop etilgan.

 

Elmira Siraziyeva.