Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi» tashkil etildi

20.06.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.06.2022 yildagi “Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korхonasining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 325-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korхonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (keyingi oʻrinlarda - Markaz).

 

Markaz tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar yagona elektr energetika tizimiga ulangan tashkilotlarning markazlashtirilgan tarzda uzluksiz tezkor-dispetcherlik boshqaruvini amalga oshiradi hamda yagona elektr energetika tizimining qoʻshni davlatlar energetika tizimlari bilan parallel ravishda ishlash rejimini boshqaradi.

 

Markazning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • elektr energiyasiga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqib, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uning iste’mol qilinishiga ta’sir qiluvchi barcha omillarni hisobga olgan holda uni ishlab chiqarish va iste’mol qilishning har soatlik rejimini shakllantirish;
  • avariya rejimlari yuzaga kelishining oldini olish, ularni bartaraf etish va avariya rejimi bartaraf etilganidan keyin tizimning ishonchliligini tiklash va boshqalar.

 

Markaz Energetika vazirligiga boʻysunadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.