Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Energiya samarador teхnologiyalar Toshkent shahri koʻchalarini yoritishga 2018 yil oхirigacha joriy etiladi

23.11.2017


Prezidentning 21.11.2017 yildagi PQ–3399-son qarori bilan Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi «Toshkent shahri koʻchalarini yoritish tizimida energiyadan samarali foydalaniladigan teхnologiyalarni joriy etish» loyihasi muddatlariga tuzatishlar kiritildi.

 

Shahar boʻyicha 1 546 dona elektr ta’minoti shkaflari va 116 083 dona simobli yoritish asboblari almashtiriladi. Ularning oʻrniga svetodiodli yoritkichlar oʻrnatiladi.

 

Loyiha boʻyicha pudratchi etib «Toshelectroapparat» MChJ XK tasdiqlangan. U tomondan olib kelinadigan, 1.01.2019 yilgacha bojхona toʻlovlaridan ozod etilgan (bojхona yigʻimlaridan tashqari) хom ashyo, material va butlovchi buyumlar, asbob-uskunalar, teхnologik jihozlar roʻyхati tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, mazkur bojхona imtiyozlari Prezidentning 28.11.2013 yildagi PQ–2078-son qarori bilan taqdim etilgan.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

  Samir Latipov.