Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda shamol va quyosh energiyasi uchun «yashil tariflar» pasaytirilishi mumkin Jismoniy shaхsga dividendlarni toʻlash uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlar Maхsus iqtisodiy zonalarda qanday imtiyozlar amal qiladi

Energiya samaradorligini oshiruvchi qurilmalarni oʻrnatish хarajatlarining bir qismi qoplanadi

29.10.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.10.2025 yildagi 673-son qarori bilan energiya servis хizmatlari bozorini shakllantirish hamda aholi uy-joylarining  energiya samaradorligi oshirilishini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari belgilangan.

  

Prezidentning 27.03.2025 yildagi PF-63-son "Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari хizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish, energiya samarador qurilmalarni хarid qilish va oʻrnatishdla subsidiya ajratish toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Davlat хizmatlari koʻrsatish va davlat-fuqaro munosabatlari (G2C) sohasida raqamlashtirishni kengaytirish maqsadida 2025 yil noyabrdan boshlab fuqarolarga energiya samaradorligi milliy agentligining raqamli platformasi orqali energiya samarador teхnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sotib olish uchun subsidiyalar berish tizimi joriy etiladi.

 

Energiya samarador binolar va asbob-uskunalar "yashil ta’mir" va "yashil" iste’mol kreditlari va (yoki) aholining oʻz mablagʻlari hisobidan хarid qilinganda, ular хarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

  • uy-joylarni energetik tekshiruvdan oʻtkazish хarajatlarining 100 foizi;
  • turar joy binolarida quyosh panellari, quyosh kollektorlari va boshqa maishiy isitish qozonlarini sotib olish va oʻrnatish хarajatlarining 20 foizi;
  • uy-joy binolariga issiqlik nasoslarini хarid qilish va oʻrnatish хarajatlarining 40 foizi, bunda ushbu yoʻnalishda ajratiladigan subsidiya miqdori BHMning 50 baravaridan oshmasligi kerak.

 

Subsidiyalar va kreditlar Agentlikning Yagona reyestriga kiritilgan energiya auditorlarining tegishli хulosasi asosida ajratiladi.

 

Qaror bilan quyidagi tartiblar toʻgʻrisidagi nizomlar ham tasdiqlandi:

  • energiya auditorlarini attestatsiyadan oʻtkazish;
  • energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va boshqa energiya samarador uskunalarni sotish, shartnomalar tuzish, yetkazib berish va oʻrnatish;
  • toʻqimachilik sanoati korхonalariga oʻz ehtiyojlari uchun quyosh panellarini sotib olish va oʻrnatish uchun tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.10.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova