11.03.2026 yildagi OʻRQ-1121-son Qonun bilan yoqilgʻi-energetika sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish choralari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, ular 3 oydan keyin kuchga kiradi.
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzishning boshqa turlari uchun:
- fuqarolarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solinadi;
- mansabdor shaхslarga – BHMning 25 baravaridan 30 baravarigacha.
Amaldagi qonunchilikka koʻra, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa 20 baravaridan 25 baravarigacha jarima solinadi.
Tijorat maqsadlarida umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi (amaldagi jarima miqdori BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha).
Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlar umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin qayta sodir etilgan boʻlsa:
- BHMning 30 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima;
- yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan;
- yoki bir yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Amaldagi tahrirda jarimaning eng kam miqdori BHMning 25 baravarini tashkil etadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.06.2026 yildan kuchga kiradi.
Lola Abduazimova



