Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilari uchun nimalar oʻzgaradi Yer soligʻi boʻyicha «proaktiv» hisobotlarga qanday oʻzgartirishlar kiritiladi Aksiz soligʻi qanday toʻlanadi va hisobot qanday taqdim etiladi - Buxgalter Pro Aksiz soligʻi qanday toʻlanadi va hisobot qanday taqdim etiladi - Buxgalter Pro

«Eng namunali yashil turizm ob’yekti» tanlovini oʻtkazishga tayyorgarlik boshlandi

25.06.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.06.2025 yildagi «Turizm ob’yektlari hamda joylashtirish vositalarida atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytirilgan mahsulotlardan foydalanish va ekologik talablarga muvofiq koʻrsatiladigan хizmatlarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 385-son qarori qabul qilindi.

 

2025 yildan boshlab har yili noyabrda «Eng namunali yashil turizm ob’yekti» tanlovi oʻtkaziladi. Hujjat bilan tanlovni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

 

Tanlovning asosiy vazifalari:

  • turizm ob’yektlarida plastik mahsulotlar va chiqindilardan foydalanishni kamaytirish;
  • turizm ob’yektlarida bir martalik plastikdan ekologik jihatdan toza (bioparchalanuvchi) mahsulotlarga oʻtish va ulardan foydalanishga koʻmaklashish;
  • teхnik tartibga solish sohasidagi ekologik talablar va ekologik mezonlarga muvofiqlikka erishish;
  • turizm ob’yektlarida atrof-muhitni va ekologiyani muhofaza qilishga qaratilgan innovatsion yechimlar va istiqbolli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash.

 

Tanlov hududiy saralash va respublika yakuniy bosqichlaridan iborat.

 

Tanlovning respublika yakuniy bosqichi gʻoliblariga bir martalik pul mukofoti beriladi:

  • 1-oʻrin – BHMning 150 baravari;
  • 2-oʻrin – BHMning 100 baravari;
  • 3-oʻrin – BHMning 50 baravari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.06.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova