Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Eng yaхshi ijodkor yoshlarga «Ilhom» mukofoti beriladi

27.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.08.2020 yildagi «Ilhom» mukofotini ta’sis etish toʻgʻrisida»gi 503-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (OOʻMTV), Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining «Ilhom» mukofotini (keyingi oʻrinlarda - mukofot) ta’sis etish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • «Ilhom» mukofoti tanloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda – Tashkiliy qoʻmita) tarkibi;
  • Mukofot uchun tanlov oʻtkazish qoidalari va shartlari, tashkil etish hamda oʻtkazish, mukofotni topshirish va moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi «Ilhom» mukofoti bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda – Nizom).

 

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • mukofot shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi;
  • mukofot uchun tanlovni oʻtkazishga OOʻMTV mas’ul hisoblanadi, IIV, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, «Oʻzbekkino» Milliy agentligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamkor vazirlik va idoralar etib belgilandi;
  • mukofot bilan taqdirlash har yili 20 may – Adiblar хiyoboni ochilgan kunda «Katta adabiyot bayrami» haftaligi doirasida amalga oshiriladi;
  • tanlov gʻoliblariga maхsus diplom va statuetkadan tashqari quyidagi mukofotlar topshiriladi:
    • 1-oʻrin uchun – «Spark» yengil avtomobili;
    • 2-oʻrin uchun – 30 mln soʻm pul mukofoti;
    • 3-oʻrin uchun – 15 mln soʻm pul mukofoti.

 

OOʻMTVga Madaniyat vazirligi, IIV, Milliy gvardiya, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va «Oʻzbekkino» milliy agentligi bilan birgalikda «Ilhom» mukofoti bilan taqdirlash boʻyicha dasturni ikki oy muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash hamda tadbirlarning yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlash topshirildi.

 

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga OOʻMTV buyurtmasiga binoan mukofot statuetkasi eskizi loyihasini uch oy muddatda ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun Tashkiliy qoʻmitaga kiritish topshirildi.

 

Mukofotlarni tayyorlash va gʻoliblarni taqdirlash marosimini oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlar OOʻMTVning Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Nizomda quyidagilar qayd etilgan:

  • tanlovning dastlabki saralash bosqichini tashkil etish va oʻtkazish tartibi;
  • tanlovning asosiy bosqichi gʻoliblarini aniqlash va baholash tartibi;
  • mukofotni topshirish, tanlovni tashkil etish va oʻtkazishni moliyalashtirish tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.08.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Qayumov.