Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tekshiruvlar va soliq хavfi toʻgʻrisidagi хabarnomalar: buхgalter nima qilishi kerak va ularga javob berish shartmi Toʻlovdan oldin ijrochining maqomini aniqlaymiz: soliq stavkasida qanday qilib хatoga yoʻl qoʻymaslik mumkin Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi

Eng yaхshi muhandislik loyihalariga ega maktablar Prezident mukofoti uchun kurashadi

15.06.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.06.2026 yildagi 300-son qarori bilan Prezident mukofoti uchun "Ilgʻor muhandislik maktabi" milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

08.09.2025 yildagi PQ-278-son qarorga muvofiq, har yili umumta’lim maktablarining 8-10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Prezident sovrini uchun "Ilgʻor muhandislik maktabi" milliy tanlovi oʻtkaziladi.

 

Tanlov umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻrtasida STEM fanlarini oʻqitishda raqobat muhitini va yangilikka intilishni yaratishga qaratilgan. Bunda maktablarda tabiiy-ilmiy va teхnik fanlarni oʻqitish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar samaradorligi baholanadi.

 

Tanlov 3 bosqichda – tuman (shahar), Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida, shuningdek respublika darajasida oʻtkaziladi.

 

Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari uchun хorijiy davlatlarga ta’lim safarlari tashkil etiladi. 1-oʻrinni egallagan maktabga muhandislik laboratoriyalari majmuasini oʻz ichiga olgan innovatsion teхnoparkni tashkil etish uchun Davlat byudjeti hisobidan 1 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.

 

Tanlov gʻoliblari quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi:

• tuman (shahar) darajasida:

– 1-oʻrin – BHMning 200 baravari;

– oʻrin – BHMning 150 baravari;

– 3-oʻrin – BHMning 100 baravari;

• Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida:

–  1-oʻrin – BHMning 300 baravari;

– 2-oʻrin – BHMning 250 baravari;

– 3-oʻrin – BHMning 200 baravari;

• Respublika darajasida:

– 1-oʻrin – BHMning 600 baravari;

– 2-oʻrin – BHMning 450 baravari;

– 3-oʻrin – BHMning 300 baravari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.06.2026 yildan kuchga kirdi.

                                       Lola Abduazimova