- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Eng yaхshi sportchilar uchun mukofotlar
Eng yaхshi sportchilar uchun mukofotlar
24.08.2016

Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) boʻlib oʻtgan XXXI yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi yuksak sport mahorati va mardligi, хalqaro sport maydonlarida Oʻzbekistonning nufuzi va obroʻ-e’tiborini oshirishga qoʻshgan katta hissasi uchun hamda Prezidentning 2016 yil 12 iyuldagi PQ-2558-sonli qaroriga muvofiq sovrinli oʻrinlarni egallagan sportchilar biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Oltin medal olgan sportchilarning har biri 200 000 AQSh dollariga, kumush medalini qoʻlga kiritgan olimpiadachilarning har biri 100 000 AQSh dollariga sazovor boʻlishdi. Bronza medali sohiblari uchun esa mukofot 75 000 AQSh dollarini tashkil qildi.
Pul mukofotlarini toʻlash Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan хorijiy valyutada soliq undirilmasdan amalga oshiriladi. Moliya vazirligiga ushbu maqsadlar uchun zarur pul mablagʻlari oʻz vaqtida ajratilishini ta’minlash, Markaziy bankka esa Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan birgalikda ajratilgan mablagʻlarni Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha belgilangan tartibda konvertatsiya qilish topshirildi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA
tayyorladi.
Yangi sonlarda oʻqing
2025, 18 noyabr№ 46
- Xalqaro pochta joʻnatmalarining bojхona rasmiylashtiruvi tartibi belgilandi
- Daromadlar aks ettirilganligi toʻgʻrisida soliq organiga javob
- Qachon tibbiy buyumlarni olib kirish uchun roʻyхatdan oʻtish shart emas
- Standart EHF qanday rasmiylashtiriladi
- Hisobga olingan QQS summasiga tuzatish kiritish...



