Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Yengil avtomashinalarga bolgʻacha kerak emas

28.09.2016

23.09.2016 yildagi OʻRQ–411-sonli Qonun bilan avtomobilda favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolgʻacha, oʻt oʻchirgich, tibbiyot qutichasi, majburiy toʻхtaganini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul mavjud emasligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

 

Jarima hajmi – minimal ish haqining 1/2 miqdorida belgilandi (Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 125-moddasining 2-qismi).

 

Bu muhim! Transport vositasining jihozlanishi uning kategoriyasiga bogʻliq.

 

Yengil avtomashinalarda: tibbiyot qutichasi, oʻt oʻchirgich, majburiy toʻхtaganini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul boʻlishi kerak.

 

Oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolgʻacha, tibbiyot qutichasi, majburiy toʻхtaganini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul M2 va M3 kategoriyali transport vositalari uchun zarur.

 

Izoh:


M2 toifasiga yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t. gacha boʻlgan avtotransport vositalari yoki uning bazasida yaratilgan haydovchining oʻrindigʻidan tashqari 3-8 oʻrindiqqa ega, avtomobilning asos modeliga teng vazndagi avtotransport vositalari kiradi.

 

M3 toifasiga yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t. dan koʻp boʻlgan avtotransport vositalari kiradi (Yoʻl harakat qoidalari 3-ilovasining 7.10-bandi).

 

Transport vositalarining jihozlanishi qoidalari, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

Samir Latipov,

bizning ekspert

 


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_