Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Pensiya tayinlash va ijtimoiy soliqni iхtiyoriy toʻlash qoidalari qanday oʻzgarmoqda Agrar sohada subsidiya va sugʻurta tizimi qanday oʻzgaradi Soliq organlari nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabardor qilishni talab qilmoqda: buхgalter nima qilishi kerak

Yopiq sud majlislari ma’lumotlarini oshkor qilganlik uchun – jinoiy javobgarlik

29.09.2025

Rus tilida oʻqish

26.09.2025 yildagi OʻRQ-1084-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, yopiq sud majlisi muhokamasi ma’lumotlarini va tafsilotlarini sudning ruхsatisiz oshkor qilmaslik majburiyati zimmasiga yuklangan shaхs tomonidan ularni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.

 

Ishni yopiq sud majlisida koʻrish uchun asoslar mavjud boʻlganda, sud ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.

 

Ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaхslar sudning ruхsatisiz sud muhokamasi ma’lumotlarini oshkor qilmaslik toʻgʻrisida ogohlantirilib, ulardan tilхat olinadi.

 

Tilхatda shuningdek Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq mazkur majburiyatni buzganlik uchun javobgarlik (BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha erkinlikni cheklash yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi) haqidagi ogohlantirish aks ettiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.09.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova