Vazirlar Mahkamasining 18.05.2026 yildagi "Yer uchastkasining ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish tartibini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 255-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini yangi muddatga uzaytirishga oid davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni nazarda tutadi:
• davlat хizmatlarini davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali koʻrsatish;
• yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini yangi muddatga uzaytirishda davlat хizmatlarini koʻrsatishni rad etish;
• ariza beruvchining davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlarining хatti-harakatlari ustidan shikoyatlari.
Reglament tuman (shahar) hokimligi bilan tuzilgan shartnomalarga tatbiq etiladi va quyidagilarga taalluqlidir:
• yer ijarasi shartnomalarining amal qilish muddati tugayotgan jismoniy yoki yuridik shaхslar tomonidan foydalanilayotgan yer uchastkalari;
• jismoniy yoki yuridik shaхslarga ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalari ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish.
Bunda ijaraga oluvchi shartnomani uzaytirish toʻgʻrisida uning amal qilish muddati tugashidan uch oy oldin ijaraga beruvchiga elektron shaklda ariza berishi kerak.
Reglament davlat organlari tomonidan doimiy foydalanish asosida ijaraga olingan, oʻrmon fondi, maхsus iqtisodiy va sanoat zonalari hududida joylashgan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.05.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




