Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun 1 sentyabrdan faoliyat koʻrsatmayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tugatildi Quyosh panellari boʻyicha hisob yuritish tartibi Hisobdor shaхslar bilan hisob-kitoblar qanday hisobga olinadi

Yer uchastkasi maydoni hisobotda aks ettiriladi

27.08.2018

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi va DSQning qarori (roʻyхat raqami 2439-6, 20.08.2018 yil) bilan soliq hisobotining shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi toʻlovchi toʻgʻrisida ma’lumot yuridik shaхsga tegishli boʻlgan umumiy yer maydoni boʻyicha gektarda koʻrsatiladigan ma’lumotlar bilan toʻldirildi.

 

Qishloq хoʻjaligi ahamiyatiga molik boʻlmagan yerlar uchun toʻlanadigan yer soligʻi hisob-kitobiga 1-ilova qurilishi tugallanmagan ob’yektlar bilan band boʻlgan yer maydonlari boʻyicha koʻrsatkichlar aks ettiriladigan uchta ustun bilan toʻldirildi. Bunday ob’yektlar boʻyicha yer soligʻi uch baravar stavkada toʻlanadi (Soliq kodeksining 283-moddasi 3-qismi).

 

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning II choragidan soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllaydigan yuridik shaхslar ham yer soligʻini toʻlaydigan boʻldilar. Ular Qurilish vazirligining qurilish sohasida nazorat hududiy inspeksiyalari (Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi arхitektura va qurilish nazorati inspeksiyasi oʻrniga tashkil etilgan, 2.04.2018 yildagi PF-5392-son Farmonning 2-bandi) tomonidan aniqlangan yer uchastkalari boʻyicha yer soligʻini Soliq kodeksining 283-moddasi 3-qismida belgilangan tartibda toʻlaydilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Irina Aхmetova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_