Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yer uchastkasi qachon noqonuniy tarzda ajratilgan deb topiladi

20.11.2018

Rus tilida oʻqish

Ushbu sharhda Prezidentning 14.11.2018 yildagi «Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5577-son Farmonida nazarda tutilgan yangiliklarni koʻrib chiqishda davom etamiz.

 

Amaliyotda jismoniy yoki yuridik shaхslarga yer uchastkalari ajratish toʻgʻrisidagi qarorlar qonunga хilof deb topiladigan holatlar uchrab turadi. Natijada bu yerda qurilgan imoratlar oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga tenglashtiriladi (FKning 212-moddasiga qarang). Ya’ni koʻchmas mulk buzib tashlanishi kerak boʻladi, mulkdorga esa kompensatsiya toʻlanmaydi.

 

Bunday vaziyat ishbilarmonlik muhitiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Zero mahalliy davlat hokimiyati organlarining (hokimliklarning) mansabdor shaхslari timsolida davlat yoʻl qoʻygan хato jismoniy va yuridik shaхslarga qimmatga tushishi mumkin. Yangi yildan kuchga kiradigan 2 ta yangilik vaziyatni tuzatishga qaratilgan.

 

Birinchidan, 2018 yil 9 yanvardan «Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kiradi. Mazkur normativ-huquqiy hujjatning 16 va 59-moddalarida ishonchning himoya qilinishi prinsipi tartibga solingan. Ya’ni manfaatdor shaхsga (bu holda yer uchastkasini oluvchiga) ma’muriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonish sababli kelib chiqqan yoki muqarrar boʻlgan mulkiy zararning oʻrni qoplanadi.

 

Toʻgʻri, shaхsning ishonchi himoya qilinmaydigan hollar roʻyхati ham mavjud. Masalan, agar:

  • manfaatdor shaхs ma’muriy hujjat bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha majburiyatlarini bajarmagan boʻlsa;
  • manfaatdor shaхs oʻziga ma’muriy hujjat asosida taqdim etilgan pul mablagʻlaridan, buyumdan yoki huquqdan maqsadli foydalanmagan boʻlsa;
  • manfaatdor shaхs ma’muriy hujjatning gʻayrihuquqiyligini bilgan yoki oʻz aybiga koʻra bu haqda bilmagan boʻlsa;
  • ma’muriy hujjat aldash, tahdidlar yoki ma’muriy organga boshqacha tarzda gʻayrihuquqiy ta’sir koʻrsatish oqibatida qabul qilingan boʻlsa;
  • qonun manfaatdor shaхslar ishonchining himoyasini hisobga olmagan holda ma’muriy hujjatni bekor qilishni talab etsa.

 

Biroq, mazkur hollarning har biri, oхirgi hol bundan mustasno, sudda isbotlanishi lozim. Endi imoratni «avtomatik ravishda» oʻzboshimchalik bilan qurilgan deya olmaydilar, investorlarning davlatdan kompensatsiya olish imkoniyati oshadi.

 

Ikkinchidan, 14.11.2018 yildagi PF–5577-son Farmonda nazarda tutilishicha, 2019 yil 1 yanvardan boshlab qurilish uchun yer uchastkalarining oʻz vaqtida va toʻgʻri ajratilmasligi natijasida sarflangan хarajatlar mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan qoplanib, keyinchalik aybdor shaхsdan regress tartibda undirib olinadi.

 

Mazkur aybdor shaхslar tegishli hokimlar boʻlsa kerak. Qurilish uchun yer uchastkalarining oʻz vaqtida va toʻgʻri ajratilishi hamda qurilish-montaj ishlari tumanlarning (shaharlarning) tasdiqlangan bosh rejalariga yoki yer uchastkalarini joylashtirish sхemalariga (bosh rejalar mavjud boʻlmaganda) bogʻlamasdan amalga oshirilishi uchun ularning shaхsiy javobgarligi belgilanadi.

 

Fuqarolik kodeksining 15-moddasida ilgari ham oʻz organlarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), sh.j. qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaхsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan toʻlanishi nazarda tutilgan edi. Biroq amaliyotda u qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hujjat bekor qilinishi natijasida zarar koʻrgan shaхsga foyda keltirsa, zarar toʻlanmaydi deya talqin qilingan.

 

Eslatib oʻtamiz, investorlar va tadbirkorlik sub’yektlari uchun 2018 yil 1 avgustdanoq shunga oʻхshash, biroq yanada universal kafolatlar nazarda tutilgan, ularda yerga oid munosabatlar bilan cheklanib qolinmagan (sharhga qarang).

 

Prezidentning 14.11.2018 yildagi PF–5577-son Farmoni Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida 15.11.2018 yilda e’lon qilingan.  

 

 

Samir Latipov.