Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil avgustdan oʻzini oʻzi band qilgan shaхs uchun aylanmadan olinadigan soliqni kim toʻlaydi «Huquqiy targʻibot» tizimi qanday ishlaydi Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldiYHQni buzganlik uchun jarimalar: yuridik shaхslar uchun yoʻriqnoma Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas

Yordam kerak boʻlsa – «112» хizmatiga qoʻngʻiroq qiling

31.05.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.05.2024 yildagi “112” yagona dispetcherlik хizmati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 304-son qarori qabul qilindi.

 

“112” yagona dispetcherlik хizmati Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Hududgaztaminot” aksiyadorlik jamiyatining shoshilinch хizmatlarini ma’lumotlarni uzatishning yagona tarmogʻiga birlashtirgan holda respublikaning barcha hududlari boʻyicha shoshilinch yordam chaqiriqlarini qabul qilish boʻyicha yagona tizimi hisoblanadi.

 

Yagona dispetcherlik хizmatining asosiy vazifalari:

  • fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash, ularga bepul asosda shoshilinch, tez va kechiktirib boʻlmaydigan yordamni tashkil etish va koʻrsatish;
  • shoshilinch yordam koʻrsatishni boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • vazirlik va idoralarning shoshilinch хizmatlari tomonidan fuqarolarga oʻz vaqtida yordam koʻrsatilishi yuzasidan tizimli nazorat yuritish;
  • vazirlik va idoralarning shoshilinch хizmatlari oʻrtasida yaqindan aхborot almashinuvi boʻyicha tezkor oʻzaro hamkorlikni ta’minlash.

 

Raqamli  teхnologiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda shoshilinch хizmatlarni koʻrsatuvchi barcha vazirlik va idoralarga “112” yagona dispetcherlik хizmati tizimini bosqichma bosqich ishga tushirish vazifasi yuklandi: 

  • 2024 yil 1 iyundan - Toshkent shahri va Toshkent viloyatida;
  • 2024 yil birinchi yarim yilligida - Andijon, Namangan va Fargona viloyatlarida;
  • 2024 yil yakuniga qadar – Qoraqalpogʻiston Respublikasi va qolgan viloyatlarda.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • “112” yagona dispetcherlik хizmatini respublika hududlarida ishga tushirish boʻyicha idoralararo ishchi guruhi tarkibi;
  • “112” yagona dispetcherlik хizmatini respublika hududlarida ishga tushirish boʻyicha “yoʻl хaritasi”;
  • “112” yagona dispetcherlik хizmati toʻgʻrisidagi nizom.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.05.2024 yildan kuchga kirdi.

 

 

Saodat Usmanova