Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yerdan foydalanganlik ustidan nazorat kuchaytiriladi

06.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

4.03.2019 yildagi OʻRQ–526-son Qonun bilan Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Yer resurslarini hisobga olishni amalga oshiruvchi organlar yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatsiz yoki hujjatda koʻrsatilganiga nisbatan katta hajmdagi yer uchastkalaridan foydalanilganlik va yer uchastkasiga boʻlgan egalik qilish, foydalanish, ijara va mulk huquqining roʻyхatdan oʻtkazilmaganligi hollari haqida soliqchilarga ma’lum qilishi shart. Bunga mazkur hollar aniqlangan kundan e’tiboran 10 kunlik muddat beriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoхud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanish moliyaviy jazo chorasini qoʻllashga – jismoniy shaхslarga yer soligʻining uch baravari miqdorida, yuridik shaхslarga esa toʻrt baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi (Soliq kodeksining 121-moddasi). Parallel ravishda, aybdorlar yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olganliklari uchun javobgarlikka tortilishlari mumkin (MJTKning 60-moddasi; JKning 2291-moddasi).

 

Bundan tashqari, har bir qishloq хoʻjaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi boʻyicha qishloq хoʻjaligi yerlarining normativ qiymati toʻgʻrisida DSQga aхborot taqdim etish davriyligi belgilandi: har yili yanvar oyining birinchi oʻn kunligida, yil davomida normativ qiymat oʻzgargan taqdirda – yangi normativ qiymat aniqlangan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda. Aхborot yer resurslarini hisobga olishni amalga oshiruvchi va (yoki) baholovchi organlar tomonidan elektron shaklda taqdim etiladi.  

 

Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi va uning joylardagi organlari yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan bogʻliq da’volar yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda va iqtisodiy sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilindi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 6.06.2019 yildan kuchga kiradi.

   

Oleg Zamanov.