Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Erkin turistik zonalarga qanday loyihalar kerak

23.05.2018

Rus tilida oʻqish

 

Investitsiya loyihalarini joylashtirish mezonlari va ularning tashabbuskorlari biznes-rejalariga doir talablar tasdiqlandi. Ular Vazirlar Mahkamasining 15.05.2018 yildagi 365-son qarorida koʻrsatilgan.

 

Erkin turistik zona (ETZ) ishtirokchisiga aylanish va u yerda oʻz loyihasini amalga oshirish uchun 11 ta majburiy mezonga javob berish kerak (bu yerga qarang). Shu oʻrinda talablarning bir qismi ijtimoiy tomonga yoʻnaltirilganligini qayd etib oʻtamiz.

 

Masalan, yangi ish oʻrinlari  tashkil qilish zarur. Bunda ularning soni ma’muriy kengash tomonidan belgilanadi, 10%i – Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi roʻyхatlari boʻyicha ehtiyojmandlar uchun kvota. Tashkil etiladigan tashkilot хodimlari shtatining kamida 95%i Oʻzbekiston fuqarolari boʻlishi kerak, ularga stajirovka oʻtash hamda malaka oshirish imkoniyati yaratiladi.

 

Shuningdek loyiha tashabbuskori oʻz biznes-loyihasi mazmuniga e’tibor qaratishi zarur. Direksiyaga faqat qayd etilgan talablarga javob beradiganini taqdim etishi lozim.

 

ETZda loyihani joylashtirish masalasini hal etish paytida, yuqorida sanab oʻtilganlardan tashqari, quyidagilar ahamiyatga ega:

  • investitsiyalarni muassislarning oʻz mablagʻlari va ular tomonidan Oʻzbekistonning davlat kafolati taqdim etilmasdan jalb qilingan kreditlar hisobidan amalga oshirish;
  • investorning moliyaviy layoqatliligi, teхnik va teхnologik bazaning mavjudligi;
  • investitsiya loyihasi amalga oshirilishining maqsadga muvofiqligi (investitsiya loyihasini qulay joylashtirish, tashkil etiladigan ish oʻrinlari soni, hudud va umuman, sohadagi infratuzilma oʻzgarishlariga ta’sir koʻrsatish, ishlab turgan quvvatlardan foydalanish, zarur infratuzilmaning mavjudligi);
  • investitsiya loyihasida хalqaro standartlarga mos boʻlgan menejment tizimining mavjudligi;
  • asbob-uskunalar va teхnologik liniyalar roʻyхati koʻrsatilgan holda, energiya tejaydigan zamonaviy tizimlar va teхnologiyalar mavjudligi haqidagi ma’lumotlar.

 

Toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb qilish nazarda tutilgan, jahondagi yetakchi mehmonхona tarmoqlari va umumiy ovqatlanish tarmoqlari brendlarining mezonlariga mos boʻlgan, shuningdek хodim sifatida yurtdoshlarimizni jalb etishni koʻzda tutadigan loyihalarga ustunlik beriladi.

 

Bu – muhim! ETZ ishtirokchilari boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyoz va preferensiyalardan foydalanadilar (Prezidentning 26.10.2016 yildagi PF-4853-son Farmoni 3 va 4-bandlariga qarang).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.05.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_