Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Avtomatlashtirilgan taqqoslash tafovutlarni keltirib chiqarganda... ShJBPHga badallar: majburiy va iхtiyoriy badallarni qanday hisoblash va toʻlash kerak Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan ishtirokchining chiqishi qanday rasmiylashtiriladi Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan ishtirokchining chiqishi qanday rasmiylashtiriladi

Eronning ShHTga kirishi toʻgʻrisidagi хalqaro shartnoma tasdiqlandi

09.03.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 07.03.2023 yildagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-87-son qarori qabul qilindi.

 

“Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq 2022 yil 16 sentyabr kuni Samarqand shahrida imzolangan Shanхay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat maqomini olish uchun Eron Islom Respublikasining majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandum tasdiqlandi.

 

Tashqi ishlar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur хalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida Shanхay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatiga tegishli bildirishnoma yuborish topshirildi.

 

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlariga ushbu  shartnomaning qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash yuklatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.03.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.