Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

"Yoshlar daftari"ga kiritilganlarga oʻqish uchun kompensatsiya toʻlanadi

24.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 23.07.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 450-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning "Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2021 yil 20 apreldagi PF-6208-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Birinchidan, Kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari tomonidan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandiga oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, toʻldirilishicha, kasb-hunar kolleji oilasi "Temir daftar"ga kiritilgan oʻquvchi yoshlarga olti oydan koʻp boʻlmagan muddatdagi ishlab chiqarish amaliyoti davri uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan BHMning 2 baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratadi.

 

Ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasining "Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2009 yil 8 apreldagi 102-son qarori quyidagi mazmundagi 32-band bilan toʻldirildi: "Yoshlar daftari"ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga davlat mulkini ijaraga olishda ijara toʻlovlari boʻyicha Prezidentning 2021 yil 20 apreldagi PF-6208-son Farmoniga 1-ilovada belgilangan imtiyozlar qoʻllanilishi ta’minlansin”.

 

Uchinchidan, Vazirlar Mahkamasining "Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2021 yil 11 martdagi 132-son qarorining 3-bandi 7-хatboshisiga oʻzgartirishlar kiritildi. Aynan, belgilanishicha, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari "Temir daftar"ga kiritilgan oilalar farzandlarining toʻlov-kontrakt summasining 50%igacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda toʻlab berish uchun fodalaniladi. Shuningdek, bu mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan "Yoshlar daftariga" kiritilgan yoshlarga (ilgari - mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan "Yoshlar daftariga" kiritilgan oilalar farzandlari) ham talluqli.

 

Boshqa oʻzgartirishlar ham kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.