Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi shakl – soddalashtirilgan tartibda QQS hisob-kitobi ochildi Markaziy bank banklarning mijozlar murojaatlari bilan ishlash qoidalarini qanday oʻzgartirdi Chet el valyutasini qanday sotib olish va hisobga olish kerak

Yoshlar ishlari agentligi volontyorlarga mutasaddi boʻladi

21.08.2023

Rus tilida oʻqish

18.08.2023 yildagi OʻRQ-863-son Qonun bilan “Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga  oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2023 yil 16 mayda qabul qilingan va Senat tomonidan 2023 yil 5 avgustda ma’qullangan.

 

Kiritilgan qoʻshimchalarga asosan Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

 

Agentlik oldiga quyidagi vazifalar qoʻyildi:

  • volontyorlik faoliyati sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishida ishtirok etish;
  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.

 

Shuningdek, Qonun bilan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilandi.

 

Shu bilan birga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ham normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish boʻyicha vakolatlar berildi.

 

Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.08.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova