Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun tashkilot qanday qilib «oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻyicha hisobot berishi» kerak 2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Yoshlar ishlari agentligiga vazifalar belgilandi

14.09.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 11.09.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 550-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020 yil 30 iyundagi PF-6017-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020 yil 30 iyundagi PQ-4768-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Nizom Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlarini belgilaydi:

  • yoshlar bilan bogʻliq soha va yoʻnalishlarda yagona davlat siyosatini, strategik yoʻnalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
  • mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
  • yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
  • yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish;
  • yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar orasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni bartaraf etishda faol ishtirok etish;
  • yoshlarga oid dasturlar, loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash;
  • tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini ta’minlash.

 

Shuningdek, hujjatda:

  • Agentlikning huquqiy maqomi va tuzilmasi;
  • Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari, shu jumladan, direktor oʻrinbosarlarining soha yoʻnalishlari boʻyicha asosiy vazifalari hamda javobgarligi;
  • Agentlik faoliyatining tashkiliy asoslari, hisobdorligi, faoliyat samaradorligini baholash mezonlari, hay’at va maslahat, konsultativ va ekspert organlarining huquqiy maqomi;
  • Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va uning хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi bayon etilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.09.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.