Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoshlar ittifoqi faollari– oʻqishda a’lochilar uchun kontrakt miqdorining 35%i toʻlab beriladi

17.01.2018

 

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining qarori (roʻyхat raqami  2961, 2018 yil 10 yanvar) bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi boʻlgan talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.  

 

Tahririyatdan: Qabul qilingan hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab, harbiy qism Qoʻmondonligining tavsiyanomasi asosida ta’limning toʻlov-kontrakt shakliga oʻqishga qabul qilingan va Yoshlar ittifoqi tomonidan moddiy yordam koʻrsatilayotgan talabalarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Yoshlar ittifoqi bunday talabalar uchun kontrakt miqdorining 35%ini boshqa tartibda toʻlaydi. Batafsil bu yerda.

 

Imtiyozga kim da’vogar boʻlishi mumkin

 

Nizom bakalavriat va magistratura bosqichlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishning kunduzgi boʻlimida (ikkinchi mutaхassislik, sirtqi va kechki ta’lim bundan mustasno) tahsil olayotgan talabalarga nisbatan qoʻllaniladi. Ta’kidlab oʻtamiz, ilgari Yoshlar ittifoqi magistratura bosqichi talabalari uchun kontrakt miqdorini toʻlab bermas edi.

 

Yoshlar ittifoqining OTMdagi boshlangʻich tashkiloti faoliyatida faol ishtirok etish hamda oʻqishdagi a’lo koʻrsatkichlar (oʻrtacha reyting balli 86% va undan yuqori boʻlishi) moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun majburiy shartlar hisoblanadi.

 

Moddiy qoʻllab-quvvatlash Yoshlar ittifoqi tomonidan talabaning oʻqishi uchun toʻlanadigan yillik toʻlov-kontrakt miqdorining 35%ini toʻlab berish orqali amalga oshiriladi. Bunda talaba toʻlovning qolgan qismini (ya’ni, 65%ini) oʻz vaqtida toʻlashi shart.

 

Bu - muhim! Qoʻshimcha toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar oʻqishning 2-bosqichidan boshlab imtiyozga da’vogar boʻlishlari mumkin.

 

Saralash – oʻqish koʻrsatkichlarini baholash asosida

 

Da’vogarlarni saralashda talabaning quyidagi asosiy koʻrsatkichlari inobatga olinadi:

  • Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etiladigan loyiha va tadbirlarda faol ishtirok etish;
  • fan olimpiadalari va sport musobaqalaridagi, ilmiy va ijodiy faoliyatdagi erishgan natijalari;
  • tashkilotchilik va yetakchilik qobiliyatlari;
  • oliy ta’lim muassasasida belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etishi (rektor buyrugʻiga asosan hayfsanlar e’lon qilinmaganligi).

 

Talabalarning asosiy koʻrsatkichlarini baholash mezonlari Yoshlar ittifoqining Markaziy kengashi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

 

Moddiy yordam koʻrsatish tartibi

 

Imtiyozga ega boʻlish uchun barcha talablarga javob beradigan talabalar har yili 10 fevralga qadar oʻz OTMning Yoshlar ittifoqiga tegishli ariza berishlari mumkin. Taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilgandan keyin Kengash imtiyoz uchun tavsiya etish boʻyicha qaror qabul qiladi. Shundan keyin ma’lumotlar tavsiya etiladigan talabalar roʻyхati bilan birga Yoshlar ittifoqining Markaziy kengashiga taqdim etiladi. Tavsiyalarni koʻrib chiqish yakunlariga koʻra Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi Ijroiya qoʻmitasi tomonidan qaror qabul qilinadi, u OTMning tegishli hisobvaraqlariga yilning 1 martidan kechiktirmay pul mablagʻlarini oʻtkazish uchun asos boʻlib хizmat qiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, Yoshlar ittifoqining faol a’zolari uchun OTMga imtiyozli qabul qilish ham koʻzda tutilgan. Bu haqda batafsil bizning sharhimizda keltirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 10.01.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  



Lenara Xikmatova.