Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi nima bilan shugʻullanadi

15.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 12.06.2023 yildagi “Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-92-son Farmoni qabul qilindi.

 

Prezidentning ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi:

  • Yoshlar ishlari agentligining 21 nafar shtat birliklarini Yoshlar siyosati va sport vazirligi markaziy apparatiga oʻtkazish orqali yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish boʻyicha tarkibiy boʻlinmani tashkil qilish;
  • Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan bogʻliq qoʻshimcha vazifalar yuklash, shuningdek, agentlikning yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ayrim vazifalarini Yoshlar siyosati va sport vazirligiga oʻtkazish;
  • Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha хarid qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) roʻyхatiga хalqaro sport federatsiyalari talab va tavsiyalariga asosan хalqaro sport musobaqalari hamda professional sportchilar uchun zarur boʻladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan sport anjomlari, uskunalari, kiyimlari va boshqa jihozlarni qoʻshish;
  • “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkaziladigan musobaqalarda sport turlarini koʻpaytirish, shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaхslar oʻrtasida tegishli sport turlari boʻyicha musobaqalarni tashkil qilish;
  • har yili Navroʻz umumхalq bayrami arafasida Qorabayir zotli otlar ishtirokida хalqaro chavandozlar musobaqasini respublikaning qolgan hududlarida ham oʻtkazish;
  • qoʻl jangini yanada ommalashtirish, salohiyatli yoshlarni seleksiya qilish va professional sportga yoʻnaltirish maqsadida sport maktablarida qoʻl jangi boʻyicha toʻgaraklar faoliyatini tashkil qilish;
  • Osiyo Olimpiya Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq Xanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo oʻyinlarini 2022 yildan 2023 yilga koʻchirish va shu munosabat bilan Oʻzbekiston sportchilarining kompleks  tayyorgarligini tashkil etish va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.