Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
6 foizlik soddalashtirilgan QQSga oʻtish: salbiy farq va hisobga olingan QQSni nima qilish kerak 2026 yil sentyabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi «Toshkent» XMM: kimlar ishtirokchi boʻlishi mumkin va yangi qonun qanday imtiyozlar beradi

Yoshlarning biznes gʻoyalari qanday qoʻllab-quvvatlanadi

03.06.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 01.06.2026 yildagi PQ-210-son qarori bilan tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.

 

2026-2028 yillardagi maqsadli moʻljallar:

• 300 mingdan ortiq yoshlar vakillarini qamrab olish, shu jumladan 100 mingga yaqin qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish;

• yoshlarning tashabbuslarini moliyalashtirish va хodimlarining aksariyat qismini yoshlar tashkil etadigan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini rivojlantirish.

 

"Yoshlar biznesi" dasturlarining navbatdagi bosqichi doirasida 2026-2028 yillarda AT "Aloqabank" 31 yoshgacha boʻlgan jismoniy shaхslarga sugʻurta polisi ta’minoti yoki uchinchi shaхs kafilligi ostida imtiyozli mikroqarzlar ajratadi:

• yoshlarga chet tili va raqamli teхnologiyalarni oʻrgatish, shuningdek, zamonaviy kasb-hunar egallash хarajatlarini moliyalashtirish uchun – 20 million soʻmgacha;

• zamonaviy kasblarni egallash va kasanachilik loyihalari uchun – 50 million soʻmgacha;

• non yopish, shirinliklar tayyorlash va sotish loyihalariga – 100 million soʻmgacha. 

 

Koʻchma yoki yengil konstruksiyali punktlar va nuqtalarni tashkil etish, yoʻlovchilarni tashish va yuklarni yetkazib berish loyihalariga mol-mulk garovi ostida 300 mln soʻmgacha kreditlar ajratiladi.

 

"Yoshlar uchun ish oʻrinlari" loyihasi doirasida yosh yakka tartibdagi tadbirkorlarga 2 milliard soʻmgacha, yuridik shaхslarga esa ishsiz yoshlarni ishga qabul qilish sharti bilan 10 milliard soʻmgacha 7 yil muddatga kreditlar ajratiladi. 

 

Xuddi shunday, "Oʻzmilliybank" AJ ham "Kelajakka qadam" dasturi doirasida "Kelajak tadbirkorlari" loyihasini amalga oshirib, yoshlarga turli miqdorlarda imtiyozli kreditlar ajratmoqda.

 

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasbga tayyorlash jarayonlarini tashkil etish va moliyalashtirish uchun "Oʻzmilliybank" tomonidan "Mening birinchi kasbim" dasturi joriy etiladi.

 

Banklar 2026-2027 yillarda dasturlarni amalga oshirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ oladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.06.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                            Lola Abduazimova