Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Yoshlik-I» konini oʻzlashtirish» investitsiya loyihasini amalga oshirishga oʻzgartirishlar kiritildi

27.03.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 24.03.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi «Olmaliq KMK» AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4731-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi PQ-5037-son qarori imzolandi.

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq «Yoshlik-I» konini oʻzlashtirish» investitsiya loyihasini (keyin oʻrinlarda – Loyiha) amalga oshirishda quyidagilar ishtirok etishdan chiqarildi:

  • «Ronesans Holding» (Turkiya) kompaniyasi va uning boʻlinmalari;
  • «tayyor holda topshirish» (ERS) shartlarida 3-son mis boyitish fabrikasini qurish uchun bosh pudratchi sifatida «Renaissance Heavy Industries» MChJ (Rossiya);
  • «SFI Management Group» MChJ XK.

 

Eslatib oʻtamiz, Loyiha rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan hamda unda umumiy hisoblangan kapital qoʻyilmalar summasi 1,7 mlrd AQSh dollari boʻlgan, 2027 yilga kelib 23 mln tonna ruda qazib olish nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.03.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.