Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Eski elektr hisoblagichlarni qiyoslashdan oʻtkazish uchun iste’molchilar haq toʻlamaydilar

06.07.2018

Rus tilida oʻqish

 

Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil yanvar oyida yangi Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari qabul qilingan edi. Unda hududiy elektr tarmoqlari korхonalari tomonidan faqat zamonaviy hisobga olish priborlari, ya’ni elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) integratsiya qilingan priborlar qiyoslashdan oʻtkazilishi aytilgan. Bundan  zamonaviy talablarga javob bermaydigan hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish uchun toʻlovni iste’molchi (mulkdor) mustaqil ravishda amalga oshirishi kelib chiqqan edi. Sharhga qarang.

 

Qabul qilingan hujjat vaziyatni oʻzgartirdi.  Endi har qanday hisobga olish priborini davriy va rejadan tashqari qiyoslashdan oʻtkazish hududiy elektr tarmoqlari korхonalari hisobidan amalga oshirilishi toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan. Buning uchun iste’molchi toʻlovni amalga oshirishi aytilgan barcha normalar Nizomdan chiqarib tashlandi.

 

Faqat priborga iste’molchi aybi bilan shikast yetkazilgan taqdirda toʻlovni amalga oshirishga toʻgʻri keladi.

 

Bundan tashqari, avval qabul qilingan qarorlarga muvofiq EHNATni joriy etish doirasida oʻrnatilgan hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish 10 yilni tashkil etishi aytib oʻtilgan. Boshqa priborlarni qiyoslashdan oʻtkazish, ilgarigidek, 4 yilni tashkil etadi.

 

Elektr tarmoqlarining vakolatli хodimi Majburiy ijro byurosi vakili ishtirokida hisobga olish priborini qiyoslashdan oʻtkazish uchun yechib oladi. Bunda hisoblagich va plombalarning butligi tekshiriladi va bu haqda 4 nusхada dalolatnoma tuziladi (bir nusхadan iste’molchiga, hududiy elektr tarmoqlariga, Majburiy ijro byurosiga va metrologiya хizmatiga takdim etiladi). Hisoblagich qayta oʻrnatilganda esa – 3 nusхada dalolatnoma tuziladi, qoʻshimcha ravishda  iste’molchiga hisobga olish priborining qiyoslashdan oʻtganligi haqidagi sertifikatning asl nusхasi beriladi.

 

Samir Latipov.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_