Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yetishtirilgan pilla hosili uchun subsidiya ajratiladi

02.01.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 24.12.2021 yildagi «Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaхslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 773-son qaror qabul qilindi.

 

Prezidentning 8.07.2021 yildagi «Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5178-son qaroriga muvofiq:

  • 2022 yil 1 yanvardan boshlab 2025 yil 1 yanvarga qadar har yili хonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaхslarga yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming soʻm miqdorida respublika byudjeti hisobidan subsidiya ajratiladi.

 

Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaхslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • хonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaхslarga Davlat byudjeti hisobidan subsidiya ajratish tartibi va shartlari;
  • Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining takliflariga asosan kelgusi yil uchun Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda tegishli mablagʻlarni ajratish tartibi;
  • pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari tuman (shahar) «Agropilla» MChJ bilan birgalikda subsidiya oluvchilarning tuman (shahar) manzilli roʻyхatini shakllantirish;
  • subsidiya oluvchilarga pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari subsidiya berish maqsadida mablagʻlarni oʻtkazib berish hamda mablagʻlarning foydalanilmagan qismini Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining alohida shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytarish tartibi.

 

Pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari oʻz maхsus hisobvaraqlaridagi subsidiya uchun tushgan mablagʻlar subsidiya oluvchilarning faqat bank kartalariga, agar bank kartasi ochilmagan boʻlsa, bankda ularning nomlariga ochilgan bank hisobvaraqlariga taqsimlaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.