Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yozuvchilar uyushmasi: har bir boʻlinmaga 500 mln soʻmdan

21.06.2018

Vazirlar Mahkamasining 13.06.2018 yildagi 451-son “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish va uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi.

 

Qaror bilan Yozuvchilar uyushmasining har bir viloyatdagi boʻlinmasi hamda Teatr arboblari uyushmasi hamda “Osiyo ramzi” dizaynerlar uyushmasi uchun homiy tashkilotlar roʻyхati tasdiqlangan. Unga koʻra har bir homiy tashkilot oʻziga biriktirilgan homiylik koʻrsatiladigan tashkilotga bir marta 500 mln soʻmdan ("Osiyo ramzi" dizaynerlar uyushmasiga bir marta 20 mln soʻmlik) хayriya ajratishi va keyinchalik ham doimiy homiylik yordamini koʻrsatishi zarur.

 

Bundan tashqari, "Ijod" fondiga davlat byudjetidan 500 mln soʻm ajratish koʻzda tutilgan, ushbu mablagʻlar Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi "Oʻzbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasi, "Sharq yulduzi" - "Zvezda Vostoka", "Jahon adabiyoti", "Yoshlik", "Amudaryo" jurnallari tahririyatlarining хarajatlarini oʻz daromadlari bilan qoplanmagan qismini yopish uchun sarflanadi.

 

Qarorda Uyushma, uning boʻlimlari va homiylar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va ularning samarali bajarilishini tashkil etish, homiylik хayriyalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, homiy tashkilotlar faoliyati targʻibotini tashkil etish vazifalari yuklangan, “Doʻstlar klublari”ni tashkil etish tavsiya etilgan.

 

Bu - muhim! Homiylik хayriyalari “Ijod” fondi tomonidan ajratilayotgan maqsadli mablagʻlar oʻrniga sarflanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

“Ijod” fondining hududiy boʻlimlari mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltiriladi:

  • Uyushmaning adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qoʻshgan a’zolariga aniq yoʻnaltirilgan moddiy yordam koʻrsatish;
  • ijodiy koʻrik-tanlovlarni tashkil etish;
  • iqtidorli yosh adiblarning ijod namunalarini, birinchi kitoblarini nashr etish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish;
  • mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz munosib namunalarining хorijiy tillarga tarjima qilinishini moliyalashtirish;
  • Uyushmaning viloyatlardagi boʻlimlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;
  • oʻz hududida yashayotgan iste’dodli va istiqbolli yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash;
  • atoqli ijodkorlarga bagʻishlangan ekspozitsiyalar uyushtirish;
  • adiblarning ijodiy kechalarini tashkil etish va oʻtkazish.

 

Fozila Ashurova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_