Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Faol fuqarolarga kommunal toʻlovlar uchun kompensatsiya beriladi

27.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.02.2021 yildagi «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tartibini joriy etish toʻgʻrisida»gi 99-son qarori qabul qilindi.

 

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tariqasida ularga kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Unga muvofiq 2021 yil 1 martdan boshlab fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tariqasida ularga kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha BHMning 50%i miqdorida (122 500 soʻm) har oyda kompensatsiya pul toʻlovlari toʻlanadi.

 

Fuqarolar faoliyatining samaradorligini baholashning asosiy koʻrsatkichlari sifatida quyidagilar belgilandi:

  • tegishli hududda koʻcha va koʻp kvartirali uylardagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish;
  • oʻzi yashayotgan koʻcha va koʻp kvartirali uylardagi «temir daftar», «ayollar daftari» va «yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash;
  • oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va nogironlarga, boquvchisini yoʻqotgan oilalarga, notinch va muammoli oilalarga yordam koʻrsatish;
  • aholining issiqlik va elektr energiyasidan, tabiiy gazdan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanishlarini targʻib qilish;
  • tegishli hududda toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning хotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish masalalarida fuqarolar yigʻini kengashiga bergan takliflari bilan oʻziga biriktirilgan hudud osoyishtaligi va obodligi uchun koʻmaklashish;
  • aholi tinchligi uchun хavf tugʻdiruvchi holatlarni bartaraf etish maqsadida fuqarolar yigʻiniga yoki mutasaddi organlarga хabar berganligi natijasida tegishli hududda huquqbuzarliklarning oldini olish;
  • fuqarolar yigʻini majlisi (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) qarorlari boʻyicha amalga oshirilgan targʻibot ishlari.

 

Kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha har oylik kompensatsiya pul toʻlovlari mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari orqali toʻlanadi.

 

Koʻchaboshi va uyboshilar faoliyatining samaradorligi har chorakda fuqarolar yigʻinining kengashi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash baholash mezonlari asosida baholab boriladi. Koʻchaboshi va uyboshilar faoliyatini baholashda ularning biriktirilgan koʻcha yoki uyda kamida 3 oy davomida faoliyat koʻrsatganligi inobatga olinadi hamda 70 balldan yuqori ball toʻplaganlarga kompensatsiya toʻlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.02.2021 yildan kuchga kirdi.
                                                                                                            

Nargiza Vohidova.