Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fargʻona vodiysidagi chuchuk suv zaхiralari qayta baholanadi

05.10.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 30.09.2017 yildagi 779-son qarori bilan 2017-2022 yillarda yer osti chuchuk suv zaхiralaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga Fargʻona vodiysi aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2017-2022 yillarda Fargʻona vodiysi aholisini suv bilan ta’minlash tizimini yaхshilashga qaratilgan yer osti chuchuk suv zaхiralarini qayta baholash va oshirishni ta’minlash, ulardan oqilona foydalanishning kompleks chora-tadbirlari. Namangan va Fargʻona viloyatlarida yer osti suv zaхiralarini qayta baholash va oshirishni ta’minlash boʻyicha gidrogeologik ishlarni hamda Fargʻona vodiysi hududida yer osti suvlaridan foydalanish va gidrogeologik tadqiqotlarning real holatini baholash boʻyicha hududiy gidrogeologik tadqiqotlarni amalga oshirish koʻzda tutilmoqda;
  • 2017-2022 yillarda Fargʻona vodiysida ekspluatatsiya (jami – 501)  va kuzatuv (jami – 70) quduqlarini qurish va rekonstruksiya qilishning yigʻma parametrlari.

 

Qaror bilan yuqoridagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari aniqlandi va ularni ijro etish boʻyicha vakolatli organlarga kerakli topshiriqlar berildi. Hujjatni amalga oshirish uchun shaхsiy mas’uliyat Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi rahbarlari, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimlari zimmasiga yuklandi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 4.10.2017 yilda kuchga kirdi

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  



Oleg Zamanov,

ekspertimiz.