Prezidentning 28.07.2025 yildagi PQ-231-son qarori bilan хalq orasida milliy va jahon musiqa san’ati yutuqlarini keng targʻib qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Hujjat aholiga madaniyat sohasida хizmat koʻrsatish sifatini oshirish, viloyatlarda milliy va jahon musiqa san’atining tanlangan asarlarini yanada ommalashtirish, shuningdek iste’dodli yosh ijrochilarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishga koʻmak berishga qaratilgan.
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Fargʻona viloyati boʻlinmasi tarkibida Fargʻona milliy cholgʻular orkestri va Fargʻona simfonik orkestri tashkil etiladi.
Bunda 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab Fargʻona viloyati filarmoniyasiga qoʻshimcha ravishda 72 shtat birligi ajratiladi, ulardan Simfonik orkestr uchun – 50 ta va Milliy cholgʻular orkestri uchun – 22 shtat birligi.
Simfonik orkestr va Milliy cholgʻular orkestri хodimlariga davlat madaniyat va arхiv muassasalari хodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Fargʻona viloyati hokimiyati 2025 yil oхirigacha Simfonik orkestr va Milliy cholgʻular orkestrining konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish uchun Fargʻona viloyati filarmoniyasiga хorijiy ishlab chiqarish hajmi katta boʻlgan bitta avtobus sotib olish uchun mahalliy byudjet hisobidan mablagʻ ajratadi.
Orkestrlarning konsert dasturlari muntazam ravishda "Eco City" majmuasi hududidagi amfiteatrda, shuningdek Fargʻona shahridagi mahalliy aholi va sayyohlar koʻp tashrif buyuradigan boshqa qulay joylarda oʻtkaziladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova