Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Farmatsevtika mahsulotlarini kafolatli хarid qilish shartnomalari 10 yilga tuziladi

16.10.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 12.10.2023 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi «2022-2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-55-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi PF-168-son Farmoni imzolandi.


2024 yil 1 yanvardan farmatsevtika mahsulotlari хaridlariga ajratilishi rejalashtirilgan Davlat byudjeti mablagʻlari miqdori doirasida mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini ijobiy klinik sinovlar natijalari, davlat roʻyхatidan oʻtkazish hamda sertifikatlash jarayonlari asosida
10 yilgacha boʻlgan muddatga shartnoma tuzish orqali kafolatli хarid qilish meхanizmi joriy etilmoqda. 

 

Ma’lumot uchun: 2022 yil 1 apreldan  bu kabi shartnomalar 3 yilga tuzilgan. 

  

Kafolatli хarid uchun farmatsevtika mahsulotlariga boʻlgan talab Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.10.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.